28.12.1998 yildagi 31-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2020
Hujjat 13.11.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida belgilangan har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi amaldagi qonunlarda to‘liq yoritilgan. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni muntazam takomillashtirib borish davlat organlarining, shu jumladan sudlarning bevosita muhim vazifalaridan biridir.
2. Barcha sudlarda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda kafolatlangan sud qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi lozim. Sud ishlari yuzasidan murojaat qilish tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar o‘zbek va ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda yozilib, sud binolarining fuqarolar uchun ko‘rinarli joylariga ilib qo‘yilishi shartligi uqtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Amaldagi qonunlarda sud protsessi ishtirokchilarining doirasi qat’iy qilib belgilangan (JPKning 2-bo‘limi, FPKning 5-bobi, MJtKning 22-bobi). Sud protsessi ishtirokchilarining har biri o‘ziga xos protsessual huquq va majburiyatlarga egaligiga, jumladan, ularning sudya va sudning harakatlari va qarorlariga nisbatan munosabat bildirish huquqlari ham turlichaligiga, sudlarda faqat sud protsessi ishtirokchilarining sud ishlari bo‘yicha murojaatlari ko‘rilishiga alohida e’tibor berilmog‘i lozim. Bu o‘rinda “sud protsessi ishtirokchilari” tushunchasi “sud majlisi ishtirokchilari” tushunchasidan kengroq ekanligi, sud majlisida qatnashmagan shaxslar ham, basharti, sud ishlari va hujjatlari ularning huquq va manfaatlariga biror-bir tarzda daxldor bo‘lsa, ular yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Jinoyat-protsessual kodeksining 479, 498 va 510-moddalarida birinchi bosqich sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmi, ajrimi, qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish, shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilish huquqiga ega bo‘lgan sud protsessi ishtirokchilari doirasi qat’iy qilib ko‘rsatilgan. Jumladan, sudning qonuniy kuchga kirmagan va kirgan hukmi ustidan sudlangan (mahkum), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, uning vakili, hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili shikoyat berishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik-protsessual kodeksining 310-moddasiga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar — taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari va sud protsessi ishtirokchilari, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar haqli (FPKning 33-moddasi).
Shuning bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 52-53-moddalarida belgilangan tartibda vakolati rasmiylashtirilgan vakillar va advokatlar esa FPKning 54-moddasi 2-qismi talabiga muvofiq sud qarorlariga nisbatan mustaqil shikoyat keltirish vakolati to‘g‘risida maxsus ruxsat berilgan vakolatnomaga ega bo‘lgan taqdirdagina apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlari bilan murojaat etish huquqiga ega bo‘lishlari tushuntirilsin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 314-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida faqat o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, shuningdek, ularning qonuniy vakillari va vakillari (advokat va b.) shikoyat berish huquqiga ega.
11. “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi talabiga muvofiq, fuqarolarning murojaatlari, agar ular qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolati doirasiga kirmaydigan davlat organiga yuborilgan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun boshqa davlat organlariga asossiz ravishda berish yoki qarori yoxud harakati ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘ziga jo‘natish man etiladi. Agar fuqarolarning murojaatlarida ularni tegishli organlarga jo‘natish uchun zarur ma’lumotlar bo‘lmasa, bu murojaatlar xuddi shu muddat mobaynida asoslantirilgan tushuntirish bilan fuqaroning o‘ziga qaytariladi.
26. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun va amaldagi protsessual qonunlarga ko‘ra, sudlarning rahbarlari tomonidan fuqarolar qabulining to‘g‘ri tashkil etilishi, eng avvalo, ularning qonuniy majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun bu masalaga doimiy e’tibor berish, qonunga binoan qabulning qat’iy kunlari, soatlari aniq belgilab qo‘yilishi, belgilangan kun, vaqt va joyni asossiz ravishda boshqa vaqtga qoldirish, sud rahbarining zaruriy xizmat safari, ta’tilda bo‘lishi, betobligi kabi uzrli sabablar bo‘lmagan taqdirda qabul jadvalini o‘zgartirish mumkin emasligi tushuntirilsin.