Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‘ra oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Respublika fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari uzviy muvofiqlashgan oilani himoya qilish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan vazifalardan biridir.
(muqaddima birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshiga almashtirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‘ra oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
Respublika fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari uzviy muvofiqlashgan oilani himoya qilish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan vazifalardan biridir.
Bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni hurmatlash, onalikni muhofaza etish va bolalarning huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro huquq qoidalariga sodiq bo‘lish, ma’naviy merosni saqlash va rivojlantirish, yuksak vatanparvarlik, soflik va halollik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash ota-onalarning konstitutsiyaviy va ma’naviy burchidir.
Oldingi tahrirga qarang.
1998-yil 1-sentabrdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalar va oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolarining manfaatlarini qo‘riqlashning ustunligini nazarda tutadi.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarning sudlar tomonidan to‘g‘ri hal etilishi ota-onalarning va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi mas’uliyatlari oshirilishini ta’minlashga imkoniyat tug‘diradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid bo‘lgan huquqlaridan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlar qonunbuzarliklarining oldini olish choralaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, oila qonunchiligini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash va oilaviy nizolarni ko‘rish jarayonida sudlarda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
1. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni ko‘rishda sudlarning e’tibori bunday nizolarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilish bolalar va oila manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qat’iy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi; bolasidan alohida turadigan ota yoki onani bolasining tarbiyasida ishtirok etishga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida bo‘lgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ota-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish; ota-onalik huquqini cheklash, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish, farzandlikka olish; bolaning ota-onalik huquqi cheklangan ota-ona bilan ko‘rishishi; ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish; farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi va boshqa nizolar sudda ko‘rilishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
3. Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar o‘rtasida bo‘lgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining o‘zi bolani unga olib berish uchun asos bo‘la oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga ko‘ngil qo‘yganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining ma’lumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini e’tiborga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud 10 yoshga to‘lgan bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham e’tiborga olishi mumkin.
4. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo nikohdan ajralish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda hal etilayotgan hollarda bolalar boshqa shaxslarning tarbiyasida ekanligi hamda ular bolalarni ota-onasiga qaytarishga qarshilik ko‘rsatayotganliklari aniqlansa, sud bu nizoni alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi lozim.
5. Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq ota-onalar boshqa shaxslar oldida bolalarini shaxsan tarbiya qilishda ustun huquqqa egadirlar va bolalarini qonunga asoslanmagan holda ushlab turgan har qanday shaxsdan qaytarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Bu talabni ko‘rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da’vosini rad qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Shuningdek, sud ota yoki onaning bolasining tegishlicha tarbiyasini ta’minlay olish imkoniyatlarini, ota yoki onaning bolasi bilan o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini, bolaning o‘z ixtiyorida bo‘lgan shaxslarga qanchalik ko‘ngil qo‘yganligini va boshqa muayyan holatlarni e’tiborga oladi.
Agar ota-onaning ham, bola ixtiyorlarida bo‘lgan shaxslarning ham uni tegishlicha tarbiyalashni ta’minlay olmasliklari aniqlansa, sud vasiylik va homiylik organlarining yoki prokurorning da’vosiga asosan bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramog‘iga olib beradi. Bunday talab qo‘yilmagan bo‘lsa, sud o‘zining xususiy ajrimi bilan bu organlarning e’tiborini shunday da’vo qo‘zg‘atish zarurligiga qaratadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarga almashtirilgan)
6. Sudlar ota-onalarning bolalarini, ularni qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, o‘z ixtiyorlarida saqlayotgan shaxslardan (vasiylardan, homiylardan, bolalar muassasalaridan va h.k.) olib berish to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rayotganlarida, nizo yuzaga kelgan vaqtga kelib, qayd etilgan shaxslarga yoki bolalar muassasalariga bolalarni olib berish uchun asos bo‘lgan holatlar o‘zgargan-o‘zgarmaganligini, bolalarni ota-onalariga qaytarish ularning manfaatlariga mos kelish-kelmasligini aniqlashlari lozim.
7. Oila kodeksining 76-moddasiga binoan bolasidan alohida turadigan ota yoki ona bolasi bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.
(7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshiga almashtirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir.
Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud mazkur turkumdagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash, nizoni hal qilishda ahamiyatga ega va taraflar tomonidan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlashi kerak, bunda asosiy e’tiborni aynan bolaning ota-onasi yoxud boshqa tarbiyalaydigan shaxslarning shaxsiy xususiyatlariga, shuningdek bola bilan shu shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga qaratish kerak. Bunday ishlar, farzandni tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxslarning vasiylik va homiylik organi tomonidan tegishli tartibda tuzilgan va tasdiqlangan turmush sharoitlarini tekshirish xulosalarini olgandan so‘ng ko‘rishga tayinlanadi.
Sud mazkur masala yuzasidan nizoni mazmunan ko‘rayotganda ota-onaning huquqlari tengligi tamoyili va bola manfaatlarida turli xil holatlarni inobatga oladi. Zaruratga qarab, sud tomonidan sud-psixologik ekspertizasi tayinlanishi lozim, bunday ekspertiza ota-onalar (ulardan biri)ga nisbatan, ahvolni psixologik tahlil qilish (oilaviy mojaro) bo‘yicha ham o‘tkazilishi mumkin. Biroq sud ekspertizasining xulosasi, vasiylik va homiylik organining xulosasi ham dalillardan biri bo‘lib, ishdagi boshqa dalillar yig‘indisi bilan birgalikda sud tomonidan baholanishi lozimligini e’tiborga olishi kerak.
Boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan ko‘rishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan ko‘rishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rilish tartibini (vaqti, joyi, ko‘rishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.
Bola bilan ota-onaning ko‘rishish tartibini belgilashda bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘i, uning axloqiy kamolotiga ta’sir qiladigan holatlar, bolaning yoshi va sog‘lig‘ining holati, bolaning ota (ona)ga bog‘liqligi va boshqa holatlar inobatga olinadi, Belgilangan ko‘rishish tartibi bolaning manfaatiga javob berishi va ijro etish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim.
Istisno hollarda, boladan alohida yashayotgan ota-onaning bola bilan ko‘rishishi unga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 2-qismiga muvofiq, ota-onaning huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emasligidan kelib chiqib, sud ota-onaning bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash haqidagi da’vosini, qabul qilingan qarorda asoslantirgan holda rad qilishga haqli.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Sud alohida turadigan ota yoki onaning bolasini tarbiyalashda ishtirok etish tartibini belgilaydi va bola bilan birga turadigan ota yoki onaga bunga qarshilik ko‘rsatmaslik majburiyatini yuklaydi.
Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onalarning, qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, boshqa shaxslar ixtiyoridagi bolalarini tarbiyalashlariga monelik qiladigan holatlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi masala ham sudlar tomonidan xuddi shunday hal etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ota-onalarning mahrum qilinishi mumkin bo‘lgan ota-onalik huquqi deyilganda, ularga bolasini voyaga yetguncha tarbiyalash, uning manfaatlarini himoya etish va unga vakillik qilish, bolasini boshqa shaxslardan talab qilib olish, uning farzandlikka olinishiga rozilik berish va h.k.lar uchun berilgan huquqlar tushunilmog‘i lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onalar bolalari bilan qarindoshlik faktiga asoslangan huquqlarini: voyaga yetgan bolalaridan aliment olish, ular vafot etgan taqdirda pensiya bilan ta’minlanish, bolalarining mulkiga voris bo‘lish huquqlarini va boshqa huquqlarini ham yo‘qotadilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
9. Oila kodeksining 80-moddasiga muvofiq ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizalarni qabul qilishda sudlar bunday ishlar bo‘yicha faqat qonunda ko‘rsatilgan shaxslargina da’vogar bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs huquqlaridan foydalanuvchi davlat yoki jamoat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi FPKning 48-moddasiga muvofiq, ularga amaldagi qonunlarga ko‘ra voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, bunday ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘lishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uyi, bolalar uyi, maktab-internatlar, kasaba uyushmalarining qo‘mitalari va h.k.).
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga ajratilgan)
Tuman, shahar, viloyat hokimiyatlari qoshidagi voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalarga, respublikada amalda bo‘lgan ushbu komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda, ota-onalik huquqidan mahrum etish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi berilgan. Komissiyaning taqdimnomasi, da’vo arizasi tariqasida, da’vo ishlarini yuritish tartiblarida ko‘rilishini nazarda tutmoq lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ota-onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi da’vo bolani farzandlikka oluvchilar va bolani haqiqatda tarbiyalayotgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi yozuvda ota-onasi tariqasida ko‘rsatilmagan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilishi mumkin emas.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
10. Ota-onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi da’vo bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi yozuvda ota-onasi tariqasida ko‘rsatilmagan farzandlikka olganlarga va bolani haqiqatda tarbiyalayotgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Vasiyni (homiyni) bolani tarbiyalashga vijdonan yondashmaganligi munosabati bilan o‘z vazifalarini bajarishdan chetlatish masalasi sud tomonidan emas, balki vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinadi. Vasiylik (homiylik) vazifasidan chetlatilgan shaxs bolani berishdan bosh tortsa, unga nisbatan bolani olish haqida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin.
11. Ota-onadan birini ota yoki onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rishda, sud, bolalarning kelgusidagi tarbiyasi uchun yetarli sharoitlarni ta’minlash va ota-onaning huquqlarini himoya qilish maqsadida, har bir holatda, alohida turadigan ota yoki onaning turgan joyini aniqlashi, uni ishda ishtirok etishga jalb etishi va bolani tarbiyalash uchun olib berish haqida talab qilingan hollarda unga bolani olib berish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi shart.
12. Ish holatlarini, ota-onaning bolalariga munosabatlari xususiyatlarini har taraflama aniqlash maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar, qoidaga ko‘ra, sud majlisida javobgarlar ishtirokida ko‘rilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Muqaddam javobgardan aliment undirilmagan va uni undirish haqidagi masala ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda hal etilayotgan bo‘lsa, sud, javobgar sud majlisiga kelishdan bo‘yin tovlayotgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180-moddasiga muvofiq, unga jarima solishga haqli. Javobgarning turish joyi noaniq bo‘lgan holda, sud unga nisbatan qidiruv e’lon qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
13. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqilishi lozim.
Prokuror yoki vasiylik va homiylik organi vakili sudga kelmagan taqdirda ishni ko‘rish boshqa vaqtga qoldirilishi lozim.
14. Sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 156-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini nazarga olib, manfaatdor shaxslarning javobgarning jamiyatda yashash qoidalarini muttasil ravishda buzib kelayotganligi va u bilan birgalikda yashash imkoniyati yo‘qligi sababli turar joyidan ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosini ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda ko‘rishga haqli (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday talab keyinchalik mustaqil da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan ham taqdim etilishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
15. Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan o‘zlarining aybli xulq-atvoriga ko‘ra, agar ular ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, o‘quv-tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlashlik deganda — ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, o‘z bolalariga qanday bo‘lmasin g‘amxo‘rlik qilmaslik tushuniladi. Bolalarning yoshlariga qarab ota (ona)ning har bir aniq holatdagi harakati (harakatsizligi) bola uchun uni halokatga olib keladi.
Aliment to‘lashdan bosh tortganda bu fakt sudning hukmi bilan tasdiqlanishi shart emas. Aliment to‘lash, o‘z bolalarini moddiy ta’minlashdan doimiy ravishda qochishga uringanligiga ishonch hosil qilishlikning o‘zi kifoyadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Uzrsiz sabablarga ko‘ra bolasini tug‘uruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktika va o‘quv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tug‘uruqxona va bolalarni davolash profilaktika va o‘quv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ota-onaning o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganliklari ularning bolalarining ma’naviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, ta’limi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilmaganligida namoyon bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish deganda — bu huquqlardan bolalarning manfaatlariga zid ravishda foydalanishni, masalan, o‘qishiga, jamoat topshiriqlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishni, tilanchilikka undashni, uni spirtli ichimliklar va narkotik moddalar iste’mol qilishga o‘rgatish, jinoyat qilishda, jinoiy yo‘l bilan daromad topishda voyaga yetmagandan foydalanishni tushunmoq kerak.
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Bolalar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lish jismoniy va ruhiy qiynashda, tarbiyalashning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan usullarini qo‘llashda, bolalarining insoniy g‘ururlarini kamsitishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
Agar bolalarga nisbatan ota-ona emas, balki oila a’zolari shafqatsiz muomalada bo‘lsalar, bolaning ota va onasi bunga qarshilik qilmasalar, bunday ota-onalarning ota-onalik huquqlari Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq cheklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onaning surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlik kasaliga uchraganligi tegishli tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Bunday asos bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarni muomalaga layoqati cheklangan deb topilganligidan qat’i nazar, amalga oshirilishi mumkin.
(15-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi ota-ona tomonidan qasddan jinoyat sodir qilish o‘ta og‘ir va jamoat uchun xavfli hisoblanadi. Bunday asoslarga ko‘ra ota (ona)ni ota-onalik huquqidan mahrum qilishga faqat sudning hukmi bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Bolani ota (ona)sining hayoti va sog‘lig‘iga qarshi ota (ona)si tomonidan qasddan jinoyat sodir qilganligi asosiga ko‘ra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlik haqidagi ishlarni ko‘rishda bola jinoyat obyekti uning ota (ona)si bo‘lgan hollarda zarar ko‘rishini hisobga olishlari lozim. Bunday asoslarga ko‘ra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlikka ham aybdorga nisbatan sudning hukmi bo‘lishi lozim.
16. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oxirgi chora ekanligiga sudlarning e’tibori jalb etilsin. Alohida hollarda ota yoki onaning aybli xulq-atvori tasdiqlangan taqdirda ham sud uning xulq-atvori xususiyatlarini, shaxsini va boshqa muayyan holatlarni e’tiborga olib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’voni rad etishga va vasiylik va homiylik organlariga uning ota-onalik majburiyatlarini bajarishini nazorat qilishni yuklab, javobgarni bolalar tarbiyasiga nisbatan o‘zining munosabatlarini o‘zgartirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirishga haqli. Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’voni rad etib, ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud bo‘lganida, bolaning manfaatlari taqozo qilsa, ota-onadan bolasini olish va uni vasiylik va homiylik organlari qaramog‘iga topshirish to‘g‘risidagi masalani hal qilishga haqli.
17. Sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorida bolani tarbiyalash uchun kimga: boshqa turadigan otasi yoki onasiga, vasiylik va homiylik organiga yoki u qonunda belgilangan tartibda tayinlangan bo‘lsa, vasiyga (homiyga) berilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bolani boshqa turadigan otasi yoki onasiga berish mumkin bo‘lmaganida yoki otasi va onasining har ikkalasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan hollarda (agarda vasiy hali tayinlanmagan bo‘lsa) bola vasiylik va homiylik organining qaramog‘iga topshirilishi kerak.
Bolani qarindoshlari va boshqa shaxslarning tarbiyasiga berishga, agar ular uning vasiylari yoki homiylari qilib tayinlangan bo‘lsalar yo‘l qo‘yiladi.
Bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramog‘iga topshira turib, sudlar bolani joylashtirishning muayyan tartibini belgilashga haqli emaslar, chunki bu masala faqat ko‘rsatilgan organlarning vakolatlariga taalluqlidir.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining nusxasi sud tomonidan vasiylik va homiylik organiga va bolaning tug‘ilganligi qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasiga muvofiq, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarini ta’minlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu sababli sud javobgarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 205, 207-moddalarining qoidalariga asoslanib, undan aliment undirish to‘g‘risidagi masalani, bunday da’vo qo‘zg‘atilgan-qo‘zg‘atilmaganligidan qat’i nazar, birgalikda hal etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota yoki onadan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bolalar ulardan ikkinchisining, vasiyning yoki homiyning tarbiyasiga berilganda, alimentlar shu shaxslarning foydasiga undiriladi. Bolalar ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi masala hal etilgunga qadarli bolalar muassasalariga joylashtirilgan bo‘lsalar, alimentlar shu muassasalarning foydasiga undirilishi kerak. Bolalar vasiylik va homiylik organlarining qaramog‘iga topshirilayotganlarida aliment bolalar topshiriladigan shaxslarning yoki bolalar muassasalarining foydasiga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki onadan aliment, qoidaga ko‘ra, da’vo qo‘zg‘atilgan vaqtdan boshlab undirilishi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan aliment undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini ijro etish jarayonida vujudga keladigan, jumladan, muayyan aliment undiruvchini ko‘rsatish haqidagi, agar bola ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqqanidan so‘ng to uni olib qo‘yilgunga qadar shu ota yoki onasi bilan yashab kelayotgan bo‘lsa, undirish muddati to‘g‘risidagi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 216-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etilishi kerak.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
19. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, pul yordami va boshqa to‘lovlarni, shuningdek uning foydasiga undirilgan alimentlarni to‘lash to‘xtatiladi. Shu sababli sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda bu masalalarni aniqlash lozim va ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng uning nusxasini ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshiradigan tegishli organlarga yoki to‘lovlar to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqargan joydagi sudga, bu to‘lovlarni bolalar muassasasiga yoki bola tarbiyasiga berilgan shaxsga o‘tkazish haqidagi masalani muhokama qilish uchun yuborish kerak.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda ota-onalarning xulq-atvori va turmush tarzi o‘zgargan-o‘zgarmaganligini, ularning bolalarini tarbiya qila olish-olmasliklarini sinchiklab tekshirishlari lozim. Ota-onalik huquqini tiklashga agar bu bolalarning manfaatlariga mos kelsa, yo‘l qo‘yiladi.
Bolalar boshqa shaxslar tomonidan farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan bo‘lsa, ota-onalik huquqini tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Sud ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi masalani ota yoki ona ota-onalik huquqidan sudning fuqarolik yoki jinoyat ishi bo‘yicha chiqargan qaroriga binoan mahrum qilinganligiga qaramasdan, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etadi.
Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vo ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslar yoki prokuror tomonidan bola kimning qaramog‘ida ekanligiga qarab, ota yoki onaning ikkinchisiga yoinki vasiyga (homiyga) yoki bolalar muassasasiga nisbatan qo‘zg‘atiladi. Bunday ishlar sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlari vakillarining va prokurorning ishtirokida ko‘rilishi lozim.
Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda shu shaxsning bolani unga berish to‘g‘risidagi da’vosi ham ko‘rilishi mumkin.
Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bola manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
O‘n yoshga to‘lgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarorining nusxasi sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlariga va bolaning tug‘ilganligi qayd qilingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuborilishi kerak.
22. Bir qator obyektiv sabablarga ota-onaning (ulardan birining) ruhiyati buzilishi yoki boshqa surunkali kasalligi, og‘ir sharoitning vujudga kelishi, og‘ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalarga ko‘ra bolalarni ota-onasining ixtiyorida qoldirish xavfli deb topilsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq, shu moddada ko‘rsatilgan shaxs va organlarning da’vosiga binoan, ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib ota-onadan (ulardan biridan) bolani olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklash) va vasiylik va homiylik organining qaramog‘iga topshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-onalik huquqining cheklanishiga, bolani ota-onasi (ulardan biri) bilan qoldirish ularning xulq-atvori oqibatida bola uchun xavfli bo‘lganda, biroq, ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun asoslar aniqlanmagan hollarda ham, yo‘l qo‘yiladi. Agar ota-ona (ulardan biri) o‘z xulq-atvorini o‘zgartirmasa, vasiylik va homiylik organi sud tomonidan ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilgandan keyin olti oy o‘tgach, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi shart. Vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlarini e’tiborga olib, ota-onani (ulardan birini) bu muddat o‘tmasdan turib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqida da’vo taqdim etishga haqli.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ota-onalik huquqini cheklash to‘g‘risidagi ishlar ham prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘riladi.
Farzandlikka olganlardan bolalarni olish to‘g‘risidagi masala ham, farzandlikka olishni bekor qilish uchun qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lmasa, shunday tartibda hal etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka oluvchi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki o‘zining huquqlarini suiiste’mol qilgan holatda, unga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin, chunki farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga keladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud bolalarni ota-onasidan yoki farzandlikka oluvchilardan olishda (ota-onalik huquqini cheklashda) bolaning ta’minoti uchun aliment undirish masalasini hal qilishi lozim.
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Sud tomonidan ota-onalik huquqi cheklangan ota-onaning bolasi bilan ko‘rishishi unga salbiy ta’sir ko‘rsatmasa, bola bilan ko‘rishishga ruxsat berilishi mumkin. Bunday ko‘rishishga vasiylik va homiylik organining roziligi bilan, agar vasiy (homiy) tayinlangan bo‘lsa, uning, yoxud bolaning tutingan ota-onasi yoinki bola turgan muassasa ma’muriyatining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos bo‘lgan holatlar barham topsa, sud ota-ona (ulardan biri)ning da’vosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va Oila kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish uning manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, da’voni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan suddagi barcha nizolarni ko‘rishda ularning himoyasi yuzasidan kim tomonidan da’vo qo‘zg‘atilganligidan qat’i nazar, ishda ishtirok etish uchun xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi jalb qilinishi lozim. Qayd etilgan organ da’vo taqdim qilmagan bo‘lsa, u sud tomonidan davlat boshqaruv organi sifatida o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish maqsadida xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilinadi (Oila kodeksining 88-moddasi).
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining, da’vo talablarining mohiyati bo‘yicha xulosasini sud boshqa ish materiallari bilan birgalikda baholaydi. Bu xulosa bilan kelishmaganlik sud tomonidan ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hal qilishni ta’minlash maqsadida, sudlar, muayyan nizoning xususiyatlarini e’tiborga olib, ularni ko‘rishga puxta tayyorlashlari kerak. Bolalarning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, maktabdan ta’rifnomani, notinch oilaning nazorat qilinganligi to‘g‘risidagi materiallarni, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining mudiri tasdiqlagan vasiylik va homiylik organlarining asoslantirilgan xulosasini, shuningdek bolalarning tarbiyalanish sharoitlarini va ota-onani ta’riflovchi hujjatlarni talab qilib olish lozim. Bu ishlar faqat xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limidan bolaning yashash sharoitlari tekshirilganligi to‘g‘risidagi akt va unga asoslangan xulosa olingandan so‘ng ko‘rilishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Bolalarning fikrini, ularning taraflarga bo‘lgan munosabatini aniqlash, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi tomonidan bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga ko‘ra sud tomonidan bolani so‘rash zarur deb topilsa, bunday so‘rovni bolaning yoshini va rivojlanganligini e’tiborga olib, pedagog qatnashuvida, unga manfaatdor shaxslar ta’sir etmaydigan vaziyatda amalga oshirish lozim.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 19-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar, bolalarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlar qo‘zg‘atilganda, bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida ko‘rish uchun tayyorlash jarayonida yoki sud ishni ko‘rish vaqtida, hal qiluv qarori chiqarguncha, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish to‘g‘risidagi masalani hal qilishlari lozim (Oila kodeksining 87-moddasi). Bu masalani ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 250-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(29-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshiga almashtirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar, bolalarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlar qo‘zg‘atilganda, bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida ko‘rish uchun tayyorlash jarayonida yoki sud ishni ko‘rish vaqtida, hal qiluv qarori chiqarguncha, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish to‘g‘risidagi masalani hal qilishlari lozim (Oila kodeksining 87-moddasi).
Bu masalani ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 250-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga ham yo‘l qo‘yadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlarining bajarilishiga alohida e’tiborlarini qaratishlari lozim. Hal etilayotgan o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, sudlar, zarurat tug‘ilganda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 216-moddasiga muvofiq, bunday hal qiluv qarorlarini ijro etishning usuli va tartibini belgilash to‘g‘risidagi masalani muhokama etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarni olish va ularni boshqa shaxslarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan hal qiluv qarorlarini majburiy ravishda ijro etish, sud ijrochisi tomonidan, qoidaga ko‘ra, hal qiluv qarorini bajarishga majbur bo‘lgan shaxs yashaydigan joyda amalga oshirilishi lozim. Hal qiluv qarorini chiqargan sud, ayrim hollarda, hal qiluv qarorini ijro etishni bola turgan joyda amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin.
Bunday hal qiluv qarorlarini ijro etish vasiylik va homiylik organlari vakillarining muqarrar ishtirokida, vaziyat taqozo etsa, ichki ishlar organlarining va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga almashtirilsin)
31. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tartibga soluvchi qonunlar buzilishini oldini olish uchun faol ish olib borishlari lozim.
Sudlarga ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni, zarur hollarda, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari vakillarining ishtirokida, sayyor sud majlislarida ko‘rish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar ishlarni ko‘rishda bolalar qarovsizligi, bolalarning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan o‘z vaqtida chora ko‘rilmaganligi, voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya va inspeksiyalarning, bolalar muassasalarining va boshqa muassasalarning ishlarida muhim kamchiliklar borligi holatlarini aniqlasalar, xususiy ajrimlar chiqarib, ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatgan holda tegishli tashkilotlarga yuborishlari shart.
Sud tomonidan ishlarni ko‘rishda o‘smirlarning qonunni buzgani aniqlansa, bu haqda voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga yoki tegishli organlarga zarur bo‘lgan tarbiyaviy va ogohlantirish choralarini ko‘rish uchun ma’lum qilish lozim.
32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi 5-12-93-sonli qarori va unga 1997-yil 2-mayda o‘zgartirishlar kiritilgan “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.