LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli, 2002-yil 25-oktabrdagi 28-sonli, 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli va 2009-yil 24-iyuldagi 8-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlariga jiddiy xavf tug‘diradi, bozor iqtisodiga xos bo‘lgan xususiy mulkchilikning, boshqa turdagi mulkiy munosabatlarning shakllanishiga va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Sud amaliyotini o‘rganish talon-toroj qilishlar, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilayotgan suiiste’molliklar, poraxo‘rlik, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonunlarni, banklar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzish hollarining kamaymayotganini ko‘rsatdi.
Plenum ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muhokama qilib, ularning ko‘pchiligi sudlar tomonidan qonunlarga qat’iy rioya etilgan holda to‘g‘ri hal etilganligini qayd etadi. Shu bilan birga tergov va sud amaliyotida, soliq organlari faoliyatida qonun me’yorlarini noto‘g‘ri qo‘llash, ularning mazmunini noto‘g‘ri talqin qilish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga yetarlicha baho bermaslik hollari mavjud.
1. Sudlarning, huquqni muhofaza qiluvchi va soliq organlarining e’tibori iqtisodiyot sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni buzish jamiyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishini, bozor munosabatlarining, qonuniy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini, fuqarolar o‘rtasida qonunlarning nufuziga putur yetkazishini e’tiborga olgan holda, bu qonunlarga og‘ishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadiki, u bu huquqni buzadigan har qanday harakatlarni taqiqlashni taqozo qiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatda mulk huquqini e’zozlash vaziyati vujudga keltirilishi lozimligini, unga nisbatan har qanday tajovuzlarning sodir etilishi muqarrar javobgarlikka va jazoga tortilishi kerakligini ta’kidlash lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
3. Amaldagi jinoyat qonunlariga binoan, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish mulkka tajovuz qilishning eng xavflisi hisoblanadi.
Mansab vazifalari yoxud shartnomaviy munosabatlarga ko‘ra, o‘zganing mulkini tasarruf qilish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash bo‘yicha qonuniy vakolatlarni amalga oshiruvchi shaxsning mazkur mulkni qonunga xilof ravishda tekinga o‘zining mulkiga yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirishi aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish deb (JKning 167-moddasi) tavsiflanishi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilgan qonuniy vakolatlarga ega bo‘lmagan, ammo topshirilgan ishni yoxud xizmat vazifalarini bajarishi tufayli mulk saqlanadigan joyga kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan o‘zganing mulkini talon-toroj qilinishi o‘g‘rilik deb tavsiflanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-toroj qilish, agar bu o‘zganing mulkini qonunga xilof ravishda tekinga o‘zining yoki boshqa shaxslarning mulkdorligiga aylantirishida ifodalangan bo‘lsa, JK 167-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim va JK 19211, 205-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Bu o‘rinda shuni nazarda tutish lozimki, agar o‘zganing mulkini g‘ayriqonuniy ravishda tekinga aybdorning mulkiga aylantirish maqsadi bilan olib qo‘yilganligi aniqlanmagan bo‘lib, lekin boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar mavjud bo‘lgan taqdirda bunday harakatlar (masalan, tovar-moddiy boyliklarining kamomadi yoki uni yashirish holatining o‘zigina; o‘zganing mulkidan o‘zinikiga aylantirib olish maqsadisiz vaqtincha foydalanish; o‘zganing mulkini qarzga berib yuborish va h.k.) talon-toroj qilish deb tavsiflanishi mumkin emas. Etarli asoslar mavjud bo‘lganda, ko‘rsatilgan harakatlar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish deb tavsiflanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxsni o‘zganing mulkini JK muayyan moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan talon-toroj jinoyatini sodir etishda aybdor deb topganda, uning harakatlari JK tegishli moddasining og‘irroq javobgarlikni nazarda tutuvchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etilmaydi (masalan, jinoyat JK 167-moddasining 3-qismi bilan, shu jumladan juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish belgisi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinganda, JK mazkur moddasining 1 va 2-qismlari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya talab etilmaydi).
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur.
Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega bo‘lmasdan bir necha mustaqil epizodlardan, misol uchun o‘g‘rilik, talonchilik, firibgarlik va boshqalardan iborat bo‘lsa, bu harakatlar talon-toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni o‘zganing mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi moddasining dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan, takroriylik belgisi bilan tavsiflash lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha subyektiv huquq — faqat shu mulkning egasiga taalluqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin. Shuning uchun mulkiy huquqni amalga oshirishga qonunga asoslanmagan holda har qanday aralashish ushbu huquqni jiddiy buzish deb hisoblanadi. Masalan, fermerning, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa shaxsning, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulklarini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari, shunday harakatlar sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan — xususiy mulk huquqini buzish jinoyati alomatlarini tashkil etadi. Bu o‘rinda mulkiga nisbatan noqonuniy harakat qilingan mulkning egasida aybdordan moddiy zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani ham, shuningdek, ma’naviy ziyonni undirib olish huquqi paydo bo‘ladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Aybdor shaxs harakatlarida Jinoyat kodeksi 1921-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik unga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilganidan qat’iy nazar, kelib chiqadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan nazorat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning doirasi qat’iy chegaralanganligiga, mulk shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini tekshirish tartibi aniq belgilab qo‘yilganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin. Ushbu qonun me’yorlari mulkdorlar faoliyatiga ularning erkinligini cheklovchi, asossiz aralashuvni bartaraf qilishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida mulkdorning manfaatlarini noqonuniy aralashuvdan himoya qiluvchi huquqiy kafolatlar mavjud.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Shu sababli sudlar bu masala bo‘yicha qonunlarning buzilishiga lozim darajada o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak. Bunday aralashuvning g‘araz yoki past niyatda ekanligi aniqlangan taqdirda aybdorlarning harakatlari Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bog‘liq va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar, shuningdek boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan tavsiflanmog‘i lozim. Shuningdek, sud protsessning tegishli ishtirokchisiga aybdordan, masalan, uning faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida ishlab chiqarishning to‘xtaganligi sababli kelib chiqqan barcha zararlarni undirib olish huquqini tushuntirishi lozim.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlarini ko‘rayotganda sudlar har bir fuqaroning tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqini qat’iy belgilab beruvchi qonunlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxsning harakatlari tegishlicha huquqiy baholanishi zarur. Bunday g‘ayriqonuniy harakatlarga, jumladan, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda to‘xtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llashni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, qo‘llamaslik yoki qo‘llashga to‘sqinlik qilish va h. k. kiritilishi mumkin.
Bu kabi g‘ayriqonuniy harakatlarning yuqori xavfliligi iqtisodiyot sohasidagi huquqiy tartibotning buzilishidan, mansabdor shaxslarning o‘rnatilgan davlat intizomini susaytirib yuborishidan iborat bo‘ladi va bular davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaatlarda foydalanish va hokazolarga olib keladi. Aybdorlarning qayd etilgan harakatlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlarga qarab, Jinoyat kodeksi XIII-1-bobidagi tegishli moddalar bilan (Jinoyat kodeksi 205 yoki 207-moddasi bilan emas), g‘arazli maqsadlar aniqlanganda esa, bu harakatlar tovlamachilik yo‘li bilan pora berilishini talab qilishning niqoblangan shakli deb tavsiflanishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 96-moddasiga binoan mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlar qatoriga, jumladan, obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, konosament, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 31-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlarni tekinga olib qo‘yish va o‘zlashtirish o‘zganing mulkini talon-toroj qilish tariqasida tavsiflanishi kerak. Agar ish bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular bilan muomala qilishni tartibga soluvchi amaldagi qonunlarni buzganlik aniqlanib, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi yoki 205-moddasi dispozitsiyalarida ko‘rsatilgan belgilar mavjud bo‘lganda, bunday harakatlar hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish tariqasida tavsiflanishi lozim. Bunday qonun buzishlar jumlasiga, masalan, fuqarolarga va chet ellik investorlarga erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiya paketlarini sotishga to‘sqinlik qilish kiritilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish maqsadida yasash yoki o‘tkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga zid bitim tuzish deganda, mansabdor shaxsning o‘zi tuzayotgan bitimning O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari uchun naf keltirmasligini oldindan bila turib sodir etgan harakatlari, masalan, mahsulot yetkazib berish bahosining aniq pasaytirilganligi yoki mahsulotlarni olish, uni transportda tashish narxlarini aniq oshirib ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib bo‘lingan, ma’naviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek, ularni o‘rnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish harakatlari va h.k. tushunilmog‘i kerak.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bu o‘rinda Jinoyat kodeksining 175-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning oqibatlari sifatida respublika manfaatlariga ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi har doim aniqlangan bo‘lishi shart. Bu zararning ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda ekanligi har bir muayyan ish bo‘yicha tergov organi va sud tomonidan asoslantirilgan bo‘lishi zarur.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid tuzilgan bitimlar qatoriga, masalan, davlat mulkini boshqa mulkdorlarga ancha pasaytirilgan narxda sotish holati ham kiritilishi mumkin. Bitimning davlat manfaatlariga zid tuzilganligi to‘g‘risidagi sudning xulosasi tegishli ekspertiza fikrini inobatga olgan holda tuzilishi mumkin.
Ushbu toifadagi ishlarni tergov qilishda va sudda ko‘rishda bu jinoyatlarning kelib chiqishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar albatta aniqlanishi zarur. Agar qayd etilgan bitimlarni tuzishda aybdorda g‘araz va boshqa past niyatlar bo‘lganligi aniqlansa, bunday harakatlar Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab mavqeyidan foydalanib sodir etiladigan tegishli jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari bilan tavsiflanishi lozim.
12. Tovlamachilik (reket) nafaqat fuqarolarning, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘pol buzuvchi, balki iqtisodiyot sohasida ham katta zarar keltiruvchi jinoyat bo‘lib, jiddiy ijtimoiy xavf tug‘dirishi sudlarga ko‘rsatilsin. Shu bilan birga, qonunga binoan (JKning 165-moddasi) tovlamachilik o‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni taqozo qilishini sudlar e’tiborga olishlari kerak. Shu sababli, qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda o‘zboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Qarzdor va qarz beruvchi o‘rtasida foizlar to‘lash bo‘yicha oldindan kelishuv bo‘lmagan bo‘lsa berilgan qarz uchun foiz talab qilish tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil qiladi.
14. Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi (JKning 179-moddasi) ishlarni ko‘rishda shaxsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod bo‘lish, egallashga huquqi bo‘lmagan boshqa mulkiy foydani olish maqsadini ko‘zlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning harakatini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj qilishga suiqasd qilish va soliq to‘lovlari to‘lashdan bo‘yin tovlash va hokazolar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflash uchun asos bo‘lishi mumkin.
Bu o‘rinda sudlar ushbu qonun me’yorining maqsadi xo‘jalik aylanma mablag‘ining ishonchliligini ta’minlashdan, bozorda faoliyat olib borish qoidalarini qo‘riqlashdan, jamiyat, davlat, fuqaroning iqtisodiy manfaatlarini muhofazalashdan, jumladan, ularga soliq va kredit sohalarida mulkiy zarar yetkazilishidan himoyalashdan iborat ekanligini e’tiborga olishlari kerak.
15. Sudlar xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qaroriga ham amal qilishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
16. Qonunni buzgan holda aksiz markalarisiz savdo faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlarini tavsiflashda sudlar O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan aksiz soliqning bir turi ekanligi va shu sababli aybdorlar Jinoyat kodeksining 184 va 189-moddalari bo‘yicha javobgarlikni ko‘zda tutuvchi jinoyatlar majmui bilan javobgar qilinishlari kerakligidan kelib chiqishlari lozim.
Aksizsiz savdo qilish oqibatida keltirilgan zarar miqdorini aniqlashda nafaqat aksiz markalarisiz haqiqatan sotilgan mahsulotning summasidan, balki sotuvda bo‘lgan aksiz markalarisiz barcha mahsulotlar miqdoridan, garchand bu mahsulotlar bir xil bo‘lmasada, kelib chiqish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sudlarga tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish shaxs normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq vakolatli davlat organiga tegishli faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki uni tiklash yoxud o‘zgartirish to‘g‘risida murojaat etishi shart bo‘lib, biroq qasddan buni bajarmagan holda mavjud bo‘ladi.
Shaxsni JK 188-moddasi bilan aybdor deb topish uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi fakti aniqlangan bo‘lishi kerak.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 46-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
26. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish uchun javobgarlik faqat to‘g‘ri qasd bo‘lganda hamda fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazish tarzidagi oqibat yuz bergandagina kelib chiqishligi sudlarga tushuntirilsin.
Mansabdor shaxsning egallab turgan lavozimi tufayli unga yuklatilgan xizmat majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalari mansabdorlik vakolatlari hisoblanadi.
27. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazish moddiy zarar tarzida ham, boy berilgan foyda tarzida ham, shuningdek, turli xil manfaatlarga boshqacha zarar yetkazishda, hokimiyat organlarining obro‘siga putur yetkazishda, og‘ir jinoyatlarni yashirishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
28. Mansab vakolati doirasidan chetga chiqishning (JKning 206-moddasi) asosiy ko‘rinishlari deganda: mansabdor shaxs tomonidan boshqa shaxsning vakolati doirasiga kiruvchi harakatlarning sodir etilishi; mansabdor shaxs tomonidan faqat qonunda yoki qonun osti hujjatida ko‘rsatilgan alohida holatlar mavjud bo‘lgandagina sodir etilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning sodir etilishi; kollegial organ vakolatiga kiruvchi harakatni mansabdor shaxs tomonidan yakka tartibda sodir etilishi; hech kim va hech qanday holatda amalga oshirishga haqi bo‘lmagan harakatlarning mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi va boshqalar hisoblanmog‘i lozim.
29. Sudlar, jazo tayinlashga individual yondoshish tamoyillariga rioya qilgan xolda tovlamachilarga, o‘zganing mulkini talon-toroj qiluvchilarga, soliq to‘lashdan ashaddiy bo‘yin tovlovchilarga, o‘zlarining harakatlari bilan davlat va jamoat manfaatlariga yoki fuqarolarning huquq va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan mansabdor shaxslarga, jinoiy guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazolarning qo‘llanilishini ta’minlashga majburdirlar. Shuning bilan birga, iqtisodiyot sohasidagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar moddiy sanksiyalarni, shuningdek, muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazolarni kengroq qo‘llashlari lozim bo‘ladi. Davlatga va fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq undirishga erishilsin.
30. Ushbu toifadagi ishlarni ko‘rayotganda sudlar iqtisodiyot sohasida jinoyatlarning yoki boshqa qonunbuzarliklarning sodir etilishiga imkon bergan barcha sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularga lozim darajada munosabat bildirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish, ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va bartaraf etish tavsiya etilsin.