Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.07.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
Tergov organlari va sudlarga tushuntirilsinki, garov tariqasidagi ehtiyot chorasi (JPK 249-moddasi), ayblanuvchi (sudlanuvchi)ni jamiyatdan ajratmagan holda unga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi samarali vosita bo‘lib, u pul mablag‘i yoki qimmatbaho buyumlarni dastlabki tergov organi yoki sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari depozit hisob raqamiga topshirishdan iborat. Shunga ko‘ra, tergov organlari, sudlar ishning muayyan holatlari va ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning shaxsini inobatga olgan holda unga nisbatan garov tariqasidagi ehtiyot chorasini qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi masalani muhokama etishlari hamda ayblanuvchi (sudlanuvchi)ga shaxsan o‘zi yoki qarindoshlari, shuningdek boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan garovga narsa qo‘yish huquqini tushuntirishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tushuntirilsinki, JPK 434-moddasiga muvofiq, sudlanuvchining shaxsini aniqlashda, sud majlisi bayonnomasida uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugilgan sanasi va joyidan tashqari, shaxsiga daxldor boshqa, jumladan, sudlanganligi, davlat mukofoti yoki faxriy unvonlari borligi, salomatligi to‘g‘risidagi va h.k. ma’lumotlar ham aks ettirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 439-moddasiga muvofiq, sud tergovi davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o‘qib eshittirilishi bilan boshlanadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasiga tegishli yozuv kiritilishi lozim
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jinoyat-protsessual kodeksining 438-moddasi mazmunidan kelib chiqib, sud majlisi qatnashchilarining yangi guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish, ashyoviy dalillarni va hujjatlarni talab qilib olish to‘g‘risidagi iltimoslari ular arz qilingan va muhokama etilgandan keyin bevosita hal qilinishi lozim bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik etuvchi qatorida sud majlisi kotibi ham mas’uldir. Ish sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rilganda mulohazalar sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 426-moddasining 5-qismiga binoan bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda kotib o‘z mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘riladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib bayonnomaga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003 yil 19 dekabrdagi «Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi 17-son qarorining 23, 24-bandlariga binoan, raislik qiluvchi hukm e’lon qilingandan so‘ng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatlarini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va unga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqini tushuntirishga qaratilsin. Tegishli hollarda hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki etarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan bo‘lsa, e’lon qilinganidan so‘ng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan boshqa tilda o‘qib eshittiriladi. Agar sudlanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, unga afv so‘rab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jinoyat-protsessual kodeksining 272-moddasiga binoan sud majlisi tartibini buzgan, raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan yoki sudni behurmat qilganligi uchun sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan shaxs (sudlanuvchi, ayblovchi va himoyachi bundan mustasno) raislik qiluvchi tomonidan uning joyning o‘zida chiqargan ajrimiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Zaldan chiqarib yuborilgan ayblovchi yoki himoyachining nomunosib xulq-atvori to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, uni tegishligiga qarab yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi advokatlar Palatasi hududiy boshqarmasi qoshidagi malaka komissiyasiga yuboradi. Ajrimlar sud majlisi bayonnomasida qayd etilishi kerak.
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999 yil 30 apreldagi 7-sonli, 2002 yil 14 iyundagi 10-sonli, 2004 yil 24 sentyabrdagi 15-sonli va 2006 yil 3 fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Jinoyat ishlarini sud muhokamasiga tayinlash chog‘ida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi sudlarga uqtirilsin va ular zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi JPKning 396-moddasi talabidan kelib chiqib, har bir jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasining to‘g‘ri tanlanganligini aniqlash majburiyatlari yuklatilsin.
Sudlanuvchining ilgarigi so‘roqda bergan ko‘rsatuvlari faqat Jinoyat-protsessual kodeksining 104-moddasida ko‘rsatilgan va ro‘yxati cheklangan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina e’lon qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sudlarning e’tibori Jinoyat-protsessual kodeksining 122—124-moddalariga binoan yuzlashtirish ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun o‘tkazilishiga qaratilsin. Yuzlashtirish o‘tkazish chog‘ida so‘roq qilishning umumiy qoidalariga rioya qilinadi, yuzlashtirish chog‘ida so‘roq bayonnomasi yoki so‘roq qilinayotgan shaxslar avvalgi so‘roqlarda bergan ko‘rsatmalarning fonogrammalari shu shaxslar yuzlashtirilib, ularning ko‘rsatuvlari bayonnomaga kiritilganidan keyingina o‘qib berilishiga yoki eshittirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Sudlar, ekspertiza o‘tkazishni ekspertni so‘rash bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak chunki Jinoyat-protsessual kodeksining 446-moddasiga binoan ekspert faqat sudda ekspertiza o‘tkazgandan so‘ng va o‘z xulosasini e’lon qilganidan keyin sud majlisida so‘roq qilinishi mumkin.
12. Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 2-qismida qayd etilgan masalalar bo‘yicha ajrimlar sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada), alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtirilgan va sud tomonidan imzolangan holatda chiqarilishini sudlar e’tiborga olishlari lozim.
Sud tomonidan alohida xonaga kirmasdan o‘z joyida chiqarilgan ajrimlar Jinoyat-protsessual kodeksi 423-moddasining 3-bandiga asosan sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi va keltirilgan iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganda qabul qilingan qarorining sabablari ko‘rsatilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Taraflarning muzokara so‘zlari JPKning 449-moddasi tartibida eshitilib, sud bayonnomasida to‘liq aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Agarda taraflar o‘z nutqlarini yozma ravishda taqdim etsalar, nutqlar ilova qilinib, bu haqda bayonnomada qayd etilishi kerak.
Sudlarga, muzokara tamom bo‘lganidan keyin taraflar Jinoyat-protsessual kodeksi 457-moddasining birinchi qismidagi 1-6-bandlarda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan chiqariladigan qarorning o‘zlari taklif etiladigan mazmunini sudga yozma ravishda taqdim etishlari mumkinligi, davlat ayblovchisi va himoyachi uchun qarorning bunday mazmunini sudga taqdim etish majburiyligi tushuntirilsin (JPKning 450-moddasi).
Shuningdek, sudlarning e’tibori Jinoyat-protsessual kodeksi 449-moddasining advokat qatnashishidan qat’iy nazar sudlanuvchiga muzokara uchun so‘z berilishi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilishi lozimligiga qaratilsin.
15. Agarda sudlanuvchi oxirgi so‘zida ish uchun muhim ahamiyatli yangi holatlar to‘g‘risida yoki muqaddam tekshrilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 452-moddasi talablariga binoan sud tergovini yangidan boshlab sudlanuvchini ushbu holatlar to‘g‘risida batafsil so‘roq qilishi va dalillarni sud tergoviga oid protsessual qonun talablariga rioya qilgan holda tekshirishi kerak.
Jinoyat-protsessual kodeksining 453-moddasiga binoan sudlanuvchining oxirgi so‘zini eshitib bo‘lganidan so‘ng sud hukm chiqarish yoki ajrim chiqarish uchun darhol alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishi, bu haqda raislik etuvchi sud majlisi zalida e’lon qilishi shartligi, shuningdek, sud majlisi bayonnomasida maslahatxonadan qaysi kuni chiqib hukm yoki ajrim e’lon qilinganligi ko‘rsatilishi kerakligi tushuntirilsin.
16. Jinoyat-protsessual kodeksining 415-moddasi talabiga binoan sud muhokamasida ayblovning og‘irrog‘i bilan yoki dastlabki ayblovga nisbatan haqiqiy holatlari jiddiy farq qiladigan ayblov bilan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Sudlar, Jinoyat-protsessual kodeksi 82-moddasining 4-bandiga binoan jinoyatning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart- sharoitlar sud muhokamasining muhim qismini tashkil etishini e’tiborga olgan holda, har bir jinoyat ishini ko‘rayotganda qonunning bu talabini bajarishi uchun zarur choralarni ko‘rishi lozim va etarli asoslar bo‘lganida asoslantirilgan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
Sud muhokamasi vaqtida sud majlisining kotibi Jinoyat-protsessual kodeksining 90—92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi (JPKning 426-moddasi). Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta kotib qatnashgan bo‘lsa, har qaysi kotib o‘zi yuritgan yozuv uchun bayonnomani imzolashi shart. Raislik etuvchi o‘zgarmagan bo‘lsa, sud majlisi tamom bo‘lgandan keyin imzo qilishi etarlidir.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”