Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik va Oila kodekslari qabul qilinib, amalga kiritilishi va «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llash jarayonida ba’zi tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Xususiylashtirilgan turar joylar bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda sudlar bu uy-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish Fuqarolik va Uy-joy kodeksi mezonlari, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun bilan, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 apreldagi 180-sonli qarori bilan, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida»gi qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 180-sonli qaroriga ko‘ra tasdiqlangan «Xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar bilan tartibga solinishini nazarda tutmoqlari lozim.
FKning 210-moddasiga binoan davlatga qarashli turar joyga xususiy mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda xususiylashtirish natijasida vujudga keladi.
«Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasi 3-bandiga muvofiq ikki yoki undan ziyod ijarachi yashab turgan kvartiralar barcha ijarachilarning roziligi bo‘lmasa, xususiylashtirilishi mumkin emas.
3. «Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga binoan fuqaro va yuridik shaxslar uy-joy, yordamchi xonalar va uskunalardan hamda umumiy foydalanish joylaridan ularning vazifasiga muvofiq hamda boshqa fuqaro va yuridik shaxslarning uy-joyga doir, o‘zga huquq va erkinliklariga zarar etkazmagan holda foydalanishlari va uy-joyni asrash choralarini ko‘rishlari shart ekanligini sudlar nazarda tutmoqlari lozim.
4. Jamoat uy-joy fondiga qarashli turar joylarda ijara yoki arenda shartnomasi asosida yashovchi fuqarolar «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunda ko‘rsatilgan xususiylashtirish huquqiga ega emaslar. Shu bilan birga jamoat uy-joy fondi egasi yoki u tomonidan tegishli vakolat berilgan organ fuqarolarga egallab turgan turar joylarini sotish, jumladan imtiyozli asosda sotish yoki bu turar joylarni fuqarolarga bepul berish masalalari bo‘yicha mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari ham mumkin.
Vorislar qatoriga FKning 1118, 1135—1141-moddalarida belgilangan uy egasi bilan birga yashovchi va shu uyning buzilishi munosabati bilan turar joy olgan shaxslar kiradi.
6. «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning muqaddimasi hamda 1 va 3-moddalarining mazmuniga ko‘ra, fuqarolar o‘zlari egallab turgan turar joylarini xususiylashtirishni so‘rab murojaat etgan bo‘lsalar, ularning bunday talablari ushbu Qonunda nazarda tutilmagan shartlar asosida rad qilinishi mumkin emas.
Qayd etilgan Qonunning 16—20-moddalarida belgilangan turar joylarni xususiylashtirishni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish fuqarolar uchun ham, davlat va mahalliy uy-joy fondidagi turar joylarni fuqarolar egaligiga o‘tkazish majburiyat va vakolati yuklatilgan mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir.
7. «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq alohida uy, kvartira va xonaga bo‘lgan egalik huquqi turar joy qiymati to‘liq to‘langan (sotib olingan) va egalik huquqi haqida davlat orderi olingan paytdan boshlanadi.
FKning 382—385-moddalariga muvofiq shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish faqat taraflar (xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar va hokimiyat organi) kelishuvi asosida amalga oshirilishi mumkin, kelishuv bo‘lmagan taqdirda — sud qarori bilan hal qilinadi.
Taraflardan birining talabiga ko‘ra shartnoma sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. «Davlat uy-joy siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga binoan ko‘chmas mulkning majburiy ravishda olib qo‘yilishiga faqatgina qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va belgilangan tartibda sudning qarori asosida yo‘l qo‘yiladi.
13. «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi 3-bandi talabiga ko‘ra egallab kelayotgan turar joyni egalikka sotib olish uchun turar joyga nisbatan huquqlari bo‘lgan barcha voyaga etgan oila a’zolari va boshqa shaxslar rozilik bergan bo‘lishlari shartligini e’tiborga olib, bunday rozilik berilmaganligi asosida orderni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’volarni hal etishda, sudlar haqiqatdan ham qayd qilingan shaxslarning roziligi qonunda belgilangan tartibda olingan-olinmaganligini tekshirishlari shart. Turar joydan foydalanish huquqiga ega shaxslar doirasi FKning 606-moddasi bilan belgilanadi.
15. Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, sud FKning 114-moddasi talablari asosida taraflarni dastlabki holatga keltirish masalasini hal qilmog‘i lozim.
16. «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq xususiylashtirilgan turar joyda uni xususiylashtirilishiga rozilik bergan uy egasining boshqa oila a’zolari yashayotgan bo‘lsalar, ularning hammasi shu turar joyning egasi hisoblanadilar, egallab kelinayotgan turar joy esa xususiylashtirish natijasida umumiy mulkka aylanadi. Bu qoida turar joy egasining vaqtincha bu erda yashamayotgan oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.
17. Xususiylashtirilgan turar joylarni boshqalarga o‘tkazish bilan bog‘liq er-xotinlar o‘rtasidagi nizoni hal qilishda sudlar Oila qonunchiligi mezonlarini, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 24-moddalarini emas, balki «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi 4-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 4 apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiylashtirilgan kvartira va uylar (uylarning bir qismi)ning olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 8-bandini qo‘llamoqlari lozim.
FKning 488-moddasida xususiylashtirilgan kvartira, uy — uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
FKning 113-moddasiga muvofiq bitim shu kodeksning 115—126-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qarorining 9-bandiga ko‘ra bu qoida 1997 yil 1 martga qadar tuzilgan turar joylarni xususiylashtirish bilan bog‘liq bitimlarga ham qo‘llaniladi.
«Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasi 5-bandiga ko‘ra xususiylashtirilgan turar joyning egasi uni har qanday uy-joyga, kvartiraga, jumladan kooperativ kvartiraga almashtirish huquqiga egadir. Almashtirish shartnomasi tuzilishida Uy-joy kodeksi normalari qo‘llaniladi. Xususiylashtirilgan turar-joyning almashtirilishiga umumiy mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilangina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Turar joy xususiylashtirilguniga qadar u erda yashagan va «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga binoan umumiy mulkning ishtirokchisi bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan, lekin undan voz kechgan shaxslarni xususiylashtirilgan turar joydan ko‘chirish haqidagi ishlarni ko‘rishda qayd etilgan shaxslarning qanday shart-sharoitda o‘z nomlariga egalik huquqini rasmiylashtirishdan voz kechganliklari bilan bog‘liq holatlarni tekshirish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”