14.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1905
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014
Hujjat 10.05.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-son “Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 979, 2000-yil 16-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 20-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1997-y., 10-son, 33-modda) hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 26-modda) qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kuchga kirish tartibini belgilaydi.
huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirish.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (bundan keyingi o‘rinlarda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalarga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
5. Vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq buyruq va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
9. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi hisoblanuvchi nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tasdiqlanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq bo‘lishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar buyruq yoki qaror bilan nizom, qoidalar yoki yo‘riqnoma tasdiqlanadigan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlangani ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
27. Normativ-huquqiy hujjatda vazirlik va idoralarning boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining ayrim qoidalari takrorlangan yoxud ularga havola qilingan hollarda, mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ularning nomi, Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, shuningdek e’lon qilingan rasmiy manbasi ko‘rsatilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjat nomidan keyin mazkur Qoidalarning 5, 6, 7 va 8-ilovalariga muvofiq unga Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, shuningdek, e’lon qilishning rasmiy manbasi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 382-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi va h.k.).
(381 — 387-bandlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-1, 30.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 101-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Kelishilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolangan va tegishli vazirlik va idoralar muhri bilan tasdiqlangan holda uning kelishilganini ko‘rsatuvchi yakuniy qoidalarni o‘z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga, mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shaklda lavozim nomi va familiya, shuningdek kelishilish sanasi ko‘rsatilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan so‘ng, o‘ttiz kun ichida qabul qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ—1293-son “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 9-son, 67-modda) qaroriga muvofiq raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklashi va monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari prinsiplarini buzishi mumkin bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida majburiy tartibda dastlabki ekspertizadan o‘tkaziladi”.
(55-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-1, 30.03.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 101-modda)
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 3-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunday loyihalar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 60-601 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 61-611 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 8-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan “Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 14-bandiga muvofiq Adliya vazirligiga majburiy tartibda, shuningdek ushbu hujjatlarning elektron shakli elektron axborot tashuvchi jismlarda taqdim etiladi yoxud elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 68-681 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
70. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning mazkur Qoidalarning 69-bandida sanab o‘tilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan shubha tug‘ilgan hollarda, bunday hujjatlar Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligi masalasi yuzasidan yakuniy qaror Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi.
a) normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirish yuzasidan huquqiy ekspertiza;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizom va mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Adliya vazirligiga yuborilgan bo‘lsa. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza o‘tkazilmaydi;
74. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan hujjatni bekor qilish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qiladi va uning nusxasini Adliya vazirligiga yuboradi (mazkur Qoidalarning 73-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hollar bundan mustasno). Ushbu hujjat normativ-huquqiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olmasligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga zarurat bo‘lmasligi lozim.
Mazkur Qoidalarning 73-bandi “v” kichik bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida ushbu normativ-huquqiy hujjatni kelishishlari va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etishga yoxud hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjat nusxasini Adliya vazirligiga yuborishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(911-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(912-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
941. Mazkur Qoidalarning 94-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan hollarda Adliya vazirligi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning tegishli qismining amal qilishini to‘xtatib turishga haqlidir.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1905-2, 30.04.2012-y.) asosan 94-941 bandlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 18-son, 205-modda)
Keyingi tahrirga qarang.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
QARORI


2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga tegishli Mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining O‘zbekiston qismini geologik jihatdan o‘rganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:

1. 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligining
2007-yil 5-sentabrdagi
202326, 195668 va 164575-son qaroriga
ilova

2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston
qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni
bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona
chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning
bojxona rasmiylashtiruvi
Qoidalari

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) O‘zbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining O‘zbekiston qismini geologik jihatdan o‘rganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining O‘zbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi o‘rtasida 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq, ko‘rsatilgan Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:

MTB — 2006-yil 30-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi va “O‘zbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi o‘rtasida Orol dengizining O‘zbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim, ilova hamda o‘zgartishlar
va qo‘shimchalarni ichiga olgan holda;

Sarmoyador — “O‘zbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.”, “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarni, ularning huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionariylarini birga anglatadi;

..............................................................................................................

8. Operator Neft-gaz operatsiyalarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2003-y., № 11, 124-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona ombori ta’sis etish huquqiga ega.

..............................................................................................................

29. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirining 2007-yil 24-noyabrdagi
2229-son buyrug‘iga
ilova

Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
Yo‘riqnoma

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 45-son, 451-modda) muvofiq ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorlarni chiqarish, ijro etish va hisobini yuritish, shuningdek ularning undirilishi ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Yo‘riqnomada mulkiy xarakterga ega bo‘lgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablag‘larini to‘lashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.

………………………………………………………………………………….

8. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugagandan keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda chiqariladi.

…………………………………………………………………………………..

15. Bir qarzdorga nisbatan bir necha ijro hujjatini ijro etishda, ijro yig‘imi har bir ijro hujjati bo‘yicha alohida undiriladi.

Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari Qonunning 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga ko‘ra undiriladi. Bunda, mulkiy xarakterga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari, shuningdek mulkiy xarakterga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi.

Mazkur Qoidani qo‘llash misollari ushbu Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.

V. Yakuniy qoidalar

32. Mazkur Yo‘riqnomaning bajarilishini nazorat qilish Sud departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Ijro yig‘imining hisobini yuritish va undirishning belgilangan tartibi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshlig‘iga yuklatiladi.

33. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishi qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI


“Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 374-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749, 2007-yil 17-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 50-51-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 39-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun da’vogar bo‘limlar bo‘yicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga to‘g‘ri javob berishi lozim:

soliq huquqi — 5;

yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 9;

iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish — 7;

soliq maslahati berishning huquqiy asoslari, tashkil etish va uslubi — 3;

buxgalteriya hisobi va hisoboti — 8;

soliq hisob-kitoblari va rejalashtirishda iqtisodiy tahlil — 3.

Bunda test natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan to‘g‘ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak”.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUG‘I


“Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalari”ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 176-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 315-modda) muvofiq buyuraman:

1. O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 39-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash Qoidalari” quyidagi mazmundagi XI1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:

XI1. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni
sertifikatlashtirishning o‘ziga xosligi

241. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sertifikatlashtirishda 3, 4, 7, 9-sxemalardan foydalanish mumkin.

242. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sinovdan o‘tkazishda va sertifikatlashtirishda mahsulotning quyidagi ko‘rsatgichlari nazoratdan o‘tkaziladi: markirovka, geometrik kattaligi, og‘irligi, mustahkamligi, ishonchliligi, qimirlamaydigan sport snaryadlarining, inventar va asbob-uskunalarning bardoshliligi, materiallarning sifati, detallarning qayta ishlanishining sifati, shikastlanishga olib keluvchi nuqsonlarning yo‘qligi, tikishlarning sifati va mustahkamligi, ko‘tarish og‘irligi, tayanuvchi yuzalar ishlovining sifati”.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
QARORI


“Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror va unga o‘zgartirishni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (II)-son) va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:

1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41, 66-mh va 2004-29-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1330, 2004-yil 22-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 148-modda);

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 4-iyundagi 60, 20-26-02 va 2007-28-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1330-1, 2007-yil 11-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 253-modda).

2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI


“Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:

1. Quyidagilar kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-yanvardagi 438-son qarori (ro‘yxat raqami 662, 1999-yil 5-mart) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bobi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-noyabrdagi 438-1-son “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 662-1, 2000-yil 22-fevral) ilovasining 3, 4 va 5-bandlari;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 4/11-son “Tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘lgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 662-2, 2003-yil 28-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son).

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIG‘INING
BUYRUG‘I


“Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda) bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomga asosan buyuraman:

1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining
2008-yil 8-maydagi 156-son buyrug‘iga
ilova

“Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish
bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. 3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari;

Tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari;”.

2. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:

“31. Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari ko‘rsatishga to‘g‘ri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan uning o‘rinbosariga qo‘yiladi.

Agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari ko‘rsatishga to‘g‘ri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan uning o‘rinbosariga qo‘yiladi.”.

3. 4-bandda:

birinchi xatboshida “band” so‘zi “band bo‘lganlar” so‘zi bilan almashtirilsin;

“a” kichik bandidan “avtomobil yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot” so‘zlari chiqarib tashlansin.

4. 41-bandning birinchi xatboshisida “tashuvchi korxonalar rahbarlari, o‘rinbosarlari va mutaxassislari” so‘zlari “yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis” so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. 44-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “attestatsiya kunlarini belgilaydi va” so‘zlaridan keyin “attestatsiyaga kamida ikki hafta qolganida” so‘zlari �o‘shilsin.

6. 71-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:

“g) mehnat daftarchasi va tegishli lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxalari.”.

7. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Avtomobil yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomlari bo‘lmagan taqdirda yuridik shaxslarning passajir va yuk tashishni amalga oshiruvchi ishchilari va yuklarni avtomobil transportida tashishni amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlar Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan maxsus o‘quv kurslarida qayta tayyorlashdan o‘tish va imtihon topshirish asosida beriladigan maxsus malakaga ega bo‘lishlari lozim.

Yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha mutaxassis sifatida qayta tayyorlashdan o‘tishga oliy va o‘rta maxsus professional ma’lumotga ega shaxslarga ruxsat beriladi.”.

8. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan kelishilgan.

NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASINING
QARORI


“Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) asosan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2001-yil 21-avgustdagi 7-sonli “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1064, 2001-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 17-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2008-yil
25-apreldagi 1546-son qaroriga
ilova

“Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat
reyestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Nomi va 1-banddagi “monopolist birlashmalar (korxonalar)” so‘zlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Kirish qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Nizomda:

a) nomi va matnidagi barcha “monopolist birlashmalar (korxonalar)” so‘zlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (matn davomida — Reyestr) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda halol raqobat me’yorlaridan chetga chiqishlarni bartaraf etish, o‘zlarining ustuvor mavqeini suiiste’mol qilishlarining oldini olish maqsadida tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish uchun yuritiladi.”;

v) 2-bandda:

ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi davlat organi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“Tovar bozoridagi ustuvor mavqe O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan belgilanadi.

Standartlashtirish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat mavjud bo‘lganda bozorga yangi, o‘ziga o‘xshashi bo‘lmagan hamda tovar bozorida talabgor bo‘lgan muayyan turdagi tovar bilan ilk bor kirib kelgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning holati uch yil davomida ustuvor deb tan olinmaydi.”;

g) 3, 10, 11 va 12-bandlardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” va “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari tegishlicha “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” va “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlardan olingan statistika, monitoring, axborot ma’lumotlari asosida, shuningdek sotish, yetkazib berish, olib kirish-olib chiqish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoldiqlari haqida aholi orasida so‘rov o‘tkazish usuli bilan tovarlar muomalasi chegarasi doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovar bozoridagi ustuvor mavqeini aniqlaydilar.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoki zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining so‘roviga binoan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslari tovar bozori chegaralarini aniqlash masalalari bo‘yicha va uni monopolist sifatida tan olish uchun zaruriy axborotni taqdim etadilar.

6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi mustaqil ravishda, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikn� qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalarining iltimosnomasi bo‘yicha tovar bozorlarida ular o‘tkazgan tadqiqotlarga asosan ikki yoki undan ortiq tovar bozorlarini birlashtirish (yoki boshqa usul) bilan tovar muomalasi chegaralarini belgilashga haqli.”;

e) 13-band quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:

“v) uni ishlab chiqargani va sotgani uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt Reyestrga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqarishi va sotishi to‘xtatilganda;

g) xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomili joriy etilganda.”.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 31-yanvardagi 16, 10-264-son qaroriga
ilova

O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan normativ-
huquqiy hujjatlar
Ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17, 02/8-1-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101, 2002-yil 5-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 5-son);

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 23-yanvardagi 27, 02/8-2-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son);

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2002-yil 22-iyuldagi 88, 02/8-20-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-1, 2002-yil 30-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 14-son);

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2003-yil 10-yanvardagi 5, 01-02/8-3-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-2, 2003-yil 22-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 4-son);

5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 15-yanvardagi 17, 01-02/8-2-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-3, 2004-yil 12-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 10-son, 123-modda);

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-yanvardagi 20, 01-02/8-2-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz solig‘i to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101-1, 2005-yil 8-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 43-modda);

7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2005-yil 24-yanvardagi 21, 01-02/8-1-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1124-4, 2005-yil 8-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 5-6-son, 49-modda);

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2006-yil 4-yanvardagi 1, 01-02/8-24-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101-2, 2006-yil 18-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 3-son, 18-modda);

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 18-yanvardagi 7, 01-02/8-4-son “O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1124-5, 2007-yil 5-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 4 — 6-son, 54-modda);

10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 18-yanvardagi 8, 01-02/8-5-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1101-3, 2007-yil 26-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 13-son, 121-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining
2003-yil 18-yanvardagi 645, 26-son qaroriga
ilova

“1-yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik
qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) rasmiy sharhi

1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash “1-yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga (ro‘yxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) muvofiq amalga oshiriladi.

Qayta baholashda asosiy fondlarning to‘liq tiklash qiymati, ya’ni agarda tashkilot ularni qayta baholash kunidagi bozor narxlari (tariflari) bo‘yicha xuddi shunga o‘xshash yangi obyektlarga almashtirgan taqdirda sarf qiladigan xarajatlarining to‘liq qiymati aniqlanadi, shular jumlasiga sotib olish (qurilish), transportirovka qilish, obyektlarni o‘rnatish (montaj qilish), import qilinadigan tovarlar uchun bojxona to‘lovlari va hokazolarga qilingan xarajatlar ham kiradi.

Tashkilotning mulk huquqi, xo‘jalik boshqaruvi huquqi, operativ boshqaruv huquqi va uzoq muddatli ijara (lizing) asosida tegishli bo‘lgan, texnik holatining qandayligidan qat’i nazar, ishlab turgan yoki foydalanilmayotgan, konservatsiya qilingan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy fon�lar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlar va o‘rnatishga tayyorlangan asbob-uskunalar qayta baholanishi lozim.

Obyektlarning to‘liq qayta baholash qiymati tashkilotning ixtiyoriga ko‘ra yoxud alohida obyektlarning qiymatini ularga o‘xshash yangi obyektlarning qayta baholash davrida vujudga kelgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor narxlari asosida bevosita qayta hisoblash yo‘li bilan (bevosita qayta baholash metodi) amalga oshiriladi, yoxud asosiy vositalarni ularning olingan davriga mos ravishda va ularning turlari bo‘yicha differensiyalashtirilgan asosiy vositalar qiymatining o‘zgarishi indeksini qo‘llash orqali alohida obyektlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini indeksatsiyalash yo‘li orqali (indeks metodi) amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni indeksatsiya orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi (eskirish to‘liq hisoblangan obyektlarni qo‘shgan holda) asosiy vositalarni qayta tiklashga hisob qilingandagi asosiy vositalar qiymati o‘zgarishining tegishli indekslariga ko‘paytiriladi. Asosiy vositalarni bevosita qayta baholash orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi qayta baholashgacha va qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining farqidan kelib chiqqan hisob koeffitsiyenti bo‘yicha indeksatsiya qilinadi.

Bevosita qayta baholash metodini qo‘llashda obyektlarning to‘liq qayta tiklash qiymatini hujjatlar bilan tasdiqlash uchun tashkilotlar ixtiyorlariga ko‘ra quyidagilardan foydalanishlari mumkin:

a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xomashyo birjalari, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma ravishda olingan o‘xshash mahsulotga bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

b) asosiy vositalarning olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lgan taqdirda) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (Markaziy bank kurslarining qayta baholash kunidagi va asosiy vositalar olingan kundagi o‘zaro farqi tarzida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda);

v) tegishli davlat organlarida mavjud bo‘lgan narxlarning darajasiga oid ma’lumotlar

g) ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda qayta baholash o‘tkazilgan davrda nashr etilgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

d) baholovchining asosiy vositalarning qiymatiga oid hisoboti.

Indeks metodini qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan har yili 31-dekabr kuniga qadar navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalarida rasman chop etiladi.

Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash (har yili 1-fevralga qadar) qayta baholash o‘tkazilgan davrdagi narxlardan kelib chiqqan holda 1-yanvar holatiga amalga oshiriladi.

Asosiy vositalarni 1-yanvar holatiga qayta baholash natijalari qayta hisoblash o‘tkazilgan joriy davrning moliyaviy hisobotida aks ettiriladi, ya’ni yanvar oyi hisoboti — oylik hisobot tuzishda, birinchi chorak uchun hisobot — chorak hisobot tuzilganda, kalendar yili uchun hisobot — yillik hisobot tuzilganda.

Bunda buxgalterlik balansida (1-shakl) “hisobot davri boshida” grafasida va “Asosiy vositalarning harakati”da (3-shakl) “yil oxiridagi qoldiq” grafasida asosiy vositalarning qayta baholangan qiymati ko‘rsatiladi.

Shunday qilib, moliyaviy hisobotda o‘tgan yilning oxiridagi asosiy vositalarning qiymati qayta baholashsiz aks ettiriladi, hisobot yilining boshida esa baholash natijalarini e’tiborga olgan holda ko‘rsatiladi.

“Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish qoidalari”ga muvofiq (ro‘yxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 6-son), agarda balans yil boshida o‘zgargan bo‘lsa, u holda tushuntirish yozuvida uning sabablari ko‘rsatiladi.

Shu sababli, o‘tgan yil oxiri va hisobot yili boshidagi ko‘rsatkichlarning mos kelmasligi 1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash natijasi deb tushuntiriladi, hamda joriy yilning moliyaviy hisobotiga berilgan tushuntirish yozuvida bayon qilinadi.