Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 05.01.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Respublika OITSga qarshi kurash markazi tuzilmasi va mintaqaviy markazlarning namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
T/rTadbirlar mazmuniBajarish muddati Mas’ul bajaruvchilarAmalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natijalar
I. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish
1.2009 — 2011-yillarda OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi va oldini olish tadbirlarining tarmoq va hududiy rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2009-yil yanvar Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralarning tegishli qarorlari.
Barcha darajalarda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni ta’minlash.
2.OIV/OITS tarqalishiga ko‘maklashadigan jamiyatga qarshi hodisalar (fohishabozlik va giyohvandlik)ni tugatishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va kiritish.Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” �shlar ijtimoiy harakati, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, boshqa vazirliklar va idoralarRespublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirlar kompleksi. Aholi va ayniqsa yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
Bo‘lajak avlodning nosog‘lom turmush tarzi yuritishning halokatli oqibatlari haqidagi bilim darajasini oshirish.
3.O‘zbekiston Respublikasida bepul donorlik faoliyati doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish. Tasdiqlangan tadbirlar muddatlariga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Qon inson xizmatida” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zA, Milliy teleradiokompaniya, Qizil Yarim oy jamiyatiQon xavfsizligini va qon qismlarining zarur zaxirasini ta’minlash.
4.Tibbiyot muassasalarida qon va uning qismlarini saqlash, qayta ishlash, transportda tashish va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. Buyruqni tasdiqlash — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i. Tibbiyot muassasalarida qonning xavfsizligini ta’minlash, qon va uning qismlarini saqlash, qayta ishlash, transportda tashish va foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
5.Homilador ayollarda OIV infeksiyasini o‘z vaqtida aniqlash va OIV infeksiyasining onadan bolaga o‘tishi profilaktikasi bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i. OIV infeksiyasiga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish.
6.OIV bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan, dispanser kuzatuvi ostidagi 1 yoshgacha bolalarni sut aralashmasi bilan ta’minlash tizimini tashkil etishga doir takliflar ishlab chiqish.2009-yil I yarim yillikSog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi OIV infeksiyasining onadan bolaga o‘tishining oldini olishni ta’minlash.
7.2009-yilda va keyingi yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsiya ishlari dasturlari rejasiga quyidagilarga yo‘naltirilgan loyihalarni kiritish:
— OITS rivojlanishi va tarqalishiga ko‘maklashadigan sabablarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;
2009-yil yanvar, tadqiqotlar o‘tkazish — tasdiqlangan rejaga muvofiqSog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga taqdim etish uchun davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsiya ishlari dasturlari rejasi.
— OIV/OITS diagnostikasi va uni davolashning O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan metodlari samaradorligini tahlil qilish va baholash; OIV infeksiyasi va u bilan bog‘liq kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.
— OIV/OITSni davolash uchun antiretrovirus terapiyani qo‘llashning xorijiy tajribasini o‘rganish va tahlil qilish. Tavsiyalar bilan birga OIV infeksiyasi diagnos�ikasi va uni davolashning qo‘llanilayotgan metodlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotnoma.
II. OITSga qarshi kurash markazlari va davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
8.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi huzurida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan klinika tashkil etish. 2009-yil IV chorak Sog‘liqni saqlash vazirligiSog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i. OIV/OITSni davolash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish. OIV/OITSga qarshi kurash sohasida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik baza tashkil etish.
9.Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlarida, idoraviy laboratoriyalarda ta’mirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash.2009 — 2011-yillar mobaynida, alohida jadval bo‘yichaSog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariTa’mirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish va jihozlash jadvali. Muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
10.Mamlakatimiz korxonalari negizida OITSni davolash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar hamda dori-darmonlar ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.2009-yil I yarim yillik “O‘zfarmsanoat” davlat konserni, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligiTakliflar turkumi. Mamlakatimizda dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish.
III. OIV infeksiyasi masalalari bo‘yicha mutaxassislarni doimo va tizimli tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni ta’minlash
11.Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlari rahbar tibbiyot xodimlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish. 2009-yil I chorak, keyinchalik — har yili Sog‘liqni saqlash vazirligiAttestatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlangan va tarkibga manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari kiritilgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i. Rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali mutaxassislarni tanlashni takomillashtirish.
12.Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlari kadrlar bilan ta’minlanganligining holatini o‘rganish hamda ularni har tomonlama tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish.O‘rganish — 2009-yil yanvar-fevral, ta’minlash — jadvalga muvofiq yil mobaynida Sog‘liqni saqlash vazirligiO‘rganish va kadrlar bilan ta’minlash jadvali. Kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha tahliliy materiallar.
Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.
13.Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va respublika tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining vrachlar malakasini oshirish fakultetlari bazasida OIV/OITS profilaktikasi va davolash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish.Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — o‘quv rejasiga muvofiq har yiliSog‘liqni saqlash vazirligiMutaxassislar malakasini oshirish rejasi.
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni ta’minlash.
14.OIV infeksiyasi yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun OIV infeksiyasi, giyohvandlik va jinsiy aloqa vositasida yuqadigan infeksiyalar profilaktikasi masalalari bo‘yicha seminarlar tashkil etish. Doimo, seminarlar o‘tkazish rejasiga muvofiqSog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Mutaxassislar malakasini oshirish rejasi.
Xavf yuqori bo‘lgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislarning bilim darajasini oshirish.
15.Tibbiyot kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining klinik fanlari o‘quv dasturlariga OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash bo‘yicha mavzuli blokni kiritish.Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — o‘quv rejasiga muvofiq har yili O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligiO‘quv rejalari.
OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashni ta’minlash.
IV. OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha tizimli axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish
16.OIV infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish. Aniq tavsiyalar ishlab chiqish. Muntazam ravishda, rejaga muvofiqSog‘liqni saqlash vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish jadvali. Tavsiyalar bilan birgalikda sotsiologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar.
17.Qu�idagilarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun kiritish:
— yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shaxsiy gigiyena masalalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik, ta’lim materiallari, o‘quv filmlari tayyorlash bo‘yicha takliflar;
Ishlab chiqish — 2009-yil I yarim yillik, amalga oshirish — tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiqSog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Milliy teleradiokompaniyasiTavsiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv filmlari, axborot-ta’lim materiallari.
— O‘zbekiston xalqining mentaliteti, ma’naviy-axloqiy negizlari va an’anaviy qadriyatlarini hisobga oladigan aholi o‘rtasida OIV/OITS profilaktikasi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha metodik tavsiyalar;Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining tavsiyalariga muvofiq o‘quv-metodik, axborot-ta’lim materiallari va qo‘llanmalar mazmunini takomillashtirish va sifatini oshirish.
— umumta’lim maktablari, tibbiy ixtisoslikdan boshqa oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shaxsiy gigiyena masalalari bo‘yicha soatlar joriy etish bo‘yicha takliflar.Yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha bilimlari darajasini oshirish.
18.Ommaviy axborot vositalarida ma’naviy boy, jismoniy sog‘lom va uyg‘un yoshlarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan OITS profilaktikasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etish. Doimo, tasdiqlangan yoritish rejasiga muvofiqMilliy teleradiokompaniya, O‘zA, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamg‘armasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi Yoritish rejasi. Aholining tibbiy savodxonligini oshirish.
V. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni va ishlarni muvofiqlashtirishni ta’minlash
19.OIV/OITS profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish uchun mutaxassislarning chet elga safarlarini tashkil etish.Muntazam ravishda, rejaga muvofiqSog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi Mutaxassislar malakasini oshirish jadvali.
Tajriba ayirboshlash, mutaxassislar malakasini oshirish.
20.OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash masalalari bo‘yicha tajriba almashish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mutaxassislari ishtirokida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish.2009 — 2011-yillar, konferensiyalar o‘tkazish rejasiga muvofiqSog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Nohukumat, notijorat tashkilotlari milliy uyushmasiSog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i. Konferensiyalar materiallari.
21.Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga O‘zbekistonda amalga oshiriladigan OITSga qarshi kurash sohasidagi loyihalar va dasturlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Ishlab chiqish — 2009-yil I yarim yillik Sog‘liqni saqlash vazirligi, A�liya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Monitoring olib borish tartibi tasdiqlangan holda komissiyaning majlisi qarori. Loyihalar va dasturlarni muvofiqlashtirishni hamda ularning samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlash.
22.OIV/OITSga, sil va bezgakka qarshi kurash bo‘yicha global jamg‘armaning dasturlarini amalga oshirish samaradorligini va uning grant mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini o‘rganish.2009-yil II chorakSog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi Tavsiyalar bilan birgalikda tahliliy materiallar.
Loyihalar amalga oshirilishi samaradorligini oshirish.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”