02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1878
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 02.12.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1878
Кучга кириш санаси
12.12.2008
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 250-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga asosan (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 26-27-son, 250-modda) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son, 4-modda), O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 4-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli qaroriga asosan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun xarajatlardan ozod qilingan hollarda yuridik yordam uchun xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘plash majburiyati surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga yuklatiladi. Ushbu hujjatlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi yoki ularning qarindoshlari tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
4. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bog‘liq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 52-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3471, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3485, 21.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 10/23/3485/0958-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
15. Ma’lumotnoma ish raqami, jinoiy ishda ishtirok etgan advokatning familiyasi, ismi va sharifi, ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)ning familiyasi, ismi va sharifi, ishtirok kunlari, to‘lov miqdori va advokatlik tuzilmasining bank rekvizitlari albatta ko‘rsatilgan holda uch nusxada tuziladi va advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda uning muhri bilan tasdiqlanadi. Ma’lumotnomada advokat tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
17. Ma’lumotnomaning bir nusxasi advokatlik tuzilmasida qoladi, ikkinchi nusxasi ma’lumotnomani tasdiqlagan shaxsga ishga qo‘shish uchun beriladi, uchinchi nusxasi esa yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) bilan birga advokatlik tuzilmasi tomonidan tegishli hududiy moliya organiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun to‘lovlarni advokatlik tuzilmasining murojaatnomasi tegishli moliyaviy organga kelib tushgan kundan boshlab, o‘ttiz kun muddatdan kechiktirmasdan ma’lumotnomaga va yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ga asosan advokatlik tuzilmasining bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish yo‘li bilan to‘lab beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3471, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3471, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3471/0825-son)
21. Advokatlik tuzilmasining rahbari ma’lumotnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3485, 21.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 10/23/3485/0958-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)