Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilarni, talabalar va aspirantlarni qo‘llab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Aspirantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yoshlarning o‘z ma’naviy, kasbiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so‘nggi o‘quv yili aspirantlariga — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko‘ra tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Aspirantlarga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (beshta) davlat ilmiy-texnika siyosatining eng muhim yo‘nalishlariga muvofiq, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha, har bir yo‘nalishga bitta stipendiya hisobidan taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Har yilning boshida Vazirlar Mahkamasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan, yo‘nalishlar bo‘yicha stipendiyalar taqsimotiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod ko‘rsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (aspiranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilishga talablar darajasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan o‘tadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshiradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun aspirantlar nomzodlarini ko‘rsatadigan davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, o‘tkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan o‘tkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi bo‘yicha aspirantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod bo‘yicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli ko‘rgazmalar bilan birga dastlabki ko‘rib chiqish uchun davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi.
ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan bo‘lishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qo‘shimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar jo‘natish uchun asos hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1—31-oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha maxsus test sinovlari 1—30-noyabrda o‘tkaziladi.
8. Aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda ma’lumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazish yuklanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ma’qullab ovoz bersa nomzod aspirantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan o‘rinlar kvotasidan ko‘p bo‘lgan taqdirda ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun aspirantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos bo‘ladi.
Stipendiyalar har yili aspirantning aspiranturaning oxirgi kursidagi o‘qish davri uchun, belgilangan miqdorga qat’iy muvofiq holda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan aspirantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan aspirantlar aspiranturani tamomlaganlaridan so‘ng uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamg‘armasi orqali tajriba orttirish uchun xorijga jo‘natilish huquqini saqlab qoladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan aspirantlar tasarrufida aspirant o‘qiyotgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (o‘n bitta) quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi:
Ushbu ro‘yxatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har o‘quv yili boshida, ta’lim yo‘nalishlaridagi ustuvorliklarni o‘zgartirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasiga binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi yoki magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til bo‘lgan taqdirda esa qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, O‘zbekiston tarixini bilish bo‘yicha talab darajalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar bo‘yicha o‘z bilim darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar bo‘yicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar ko‘rsatish, talabgorlar nomzodlarining o‘qishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan so‘ng, davlat oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir to‘plami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi ko‘rsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1—15-avgust, ko‘rib chiqish muddati — 10—25-sentabr.
7. Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan o‘tkaziladi.
zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;
talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni ko‘rib chiqish uchun yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar guruhlari tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda axborot texnologiyalari, O‘zbekiston tarixi, xorijiy tillar bo‘yicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Agar ovoz berishdan so‘ng talabgorlar soni belgilangan kvotadan ko‘p bo‘lsa, ustunlik eng ko‘p ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
Tanlov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lolmagan, lekin eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tanlov qatnashchilarini nomli davlat stipendiyalariga tavsiya qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos bo‘ladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun, 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalar davlat oliy ta’lim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida grant asosida magistraturaga (bakalavr-stipendiatlar) va aspiranturaga (magistr-stipendiatlar) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi. Agar aspirantura va magistratura mutaxassisligi to‘g‘ri kelmasa, u holda kirish imtihonlari faqat aspirantura mutaxassisligi bo‘yicha topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng, ikki yil mobaynida magistraturada (bakalavar-stipendiatlar) va aspiranturada (magistr-stipendiatlar) o‘qishni davom ettirish maqsadida xorijga jo‘natilish huquqini saqlab qoladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
15. Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek va Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kelgusi o‘quv yili uchun davlat stipendiyalari soni joriy o‘quv yili oxirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha nomli stipendiyalarni taqsimlashni ta’lim ixtisosiga va talabalar soniga muvofiq amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar uchun esa o‘qish olib boriladigan tilni qo‘shimcha ravishda bilish talab qilinadi;
Tillarni bilish bo‘yicha umumiy talablar darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan, oliy ta’lim muassasalarining tillar bo‘yicha ixtisoslashmagan mutaxassisliklar uchun xorijiy tillarga bo‘lgan talablari hajmida belgilanadi.
Nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlar ko‘rsatish davlat oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan, talabgorlarning o‘quv va ilmiy faoliyatlarini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomli davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada nomli davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ilmiy kengashlarning qarorlari oliy ta’lim muassasalari qarashli bo‘lgan vazirliklar va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida tavsiyanomalar jo‘natishi uchun asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish muddati — 10—25-sentabr.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va to‘lash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishi uchun asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy muvofiq holda tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar bakalavriatni tugatganidan so‘ng bir yil mobaynida, tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, grant asosida qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Nomli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng bir yil mobaynida magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun xorijga yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘lish huquqini saqlab qoladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Talabalarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida nomli davlat stipendiyalaridan mahrum qilish davlat oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Talabalarning nomli davlat stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi qarorlariga ko‘ra o‘tkaziladigan respublika musobaqalarini: akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarini, o‘quvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari bo‘yicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar o‘quvchi yoshlar o‘rtasida olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalari o‘tkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
o‘quv-tarbiya jarayonini, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli o‘quvchilar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan yakka tartibdagi ishlarni o‘tkazish.
3. Respublika olimpiadalari har yili akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining IX, X, XI sinflari (majburiy 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tilgungacha) hamda IX sinflar o‘quvchilari (majburiy 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tilgandan keyin) o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiadalarning umumta’lim fanlari ro‘yxati, ularni umumta’lim maktablarining IX sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazish tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazish bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.
Olimpiadaning birinchi bosqichida umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining barcha o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin, navbatdagi bosqichlarda esa faqat oldingi bosqichlarda I, II, III o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lganlar qatnashadilar. Akademik litseylar va umumta’lim maktablarining I bosqichda chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan o‘quvchilari olimpiadaning II bosqichida qatnashmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri III bosqichida qatnashadilar.
Olimpiadalarning barcha bosqichlarida g‘oliblar ham fanlar bo‘yicha, ham kurslar (sinflar) bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi.
Olimpiadalar bosqichlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’uliyat tegishli ravishda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga, yakunlovchi — to‘rtinchi bosqich bo‘yicha esa — majburiy 12 yillik ta’limga to‘liq o‘tilgungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga va Xalq ta’limi vazirligiga, majburiy 12 yillik ta’limga o‘tilgandan keyin esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va ixtisoslashtirilgan musiqa-badiiy maktab-internatlari o‘quvchilarining ikkita guruhi o‘rtasida o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tanlov ixtisosliklari va shartlar ro‘yxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bolalar musiqa maktablari va san’at maktablari o‘quvchilarining musiqa fanlari bo‘yicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Tanlovlarning birinchi bosqichida o‘z ta’lim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta e’tibor qozongan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Ikkinchi bosqichda I, II, III o‘rinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik bo‘yicha faqat I o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadilar.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va ixtisoslashtirilgan musiqa-badiiy maktab-internatlari o‘quvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa ijrochilari o‘rtasida har ikki yilda bir marta, uch turda o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi belgilagan tartibda o‘tkaziladi. I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar faqat so‘nggi tur yakunlari bo‘yicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘quvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda ta’lim muassasalarining rahbarlari zimmasiga, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va umumta’lim maktablari komandalari o‘rtasida, o‘quv yili davomida, quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Xalqaro musobaqalarning sport turlari, o‘tkazish kalendari va musobaqa dasturi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika musobaqalarining sport turlari, o‘tkazish kalendari va o‘tkazish dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligining birgalikdagi qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli ravishda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga to‘rtinchi — final bosqichi bo‘yicha esa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, Xalq ta’limi vazirligiga, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. G‘oliblarni taqdirlash Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Respublika musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda ularning hududiy bo‘linmalari o‘z buyruqlari bilan tashkiliy qo‘mitalar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashkiliy qo‘mitalar olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydilar, jyurilar, hakamlar hay’atlari, apellatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Jyurilar, hakamlar hay’atlari g‘oliblarni aniqlaydilar va olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar yakunlarini protokol qaror bilan rasmiylashtiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Apellatsiya komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat bo‘lganda, jyurilar, hakamlar hay’atlari qarorlarini bekor qilish va ularga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning o‘tkazish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan ta’minlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilari musobaqalarini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tuzilgan smetalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga qo‘yiladigan talablarning oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Olimpiada, tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari g‘oliblari test sinovisiz hamda qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan soha ixtisosliklari ro‘yxati har yili O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash vaqtida Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom umumta’lim fanlari bo‘yicha akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining rasmiy xalqaro va respublika olimpiadalari, badiiy-ijodiy ixtisosliklar bo‘yicha maktablar, san’at va madaniyat kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (sportning olimpiya turlari, shaxmat, shashka bo‘yicha) g‘oliblariga tatbiq etiladi hamda ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 356-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 500-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1—5-o‘rinlar) tanlovlar va musobaqalarning individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1—5-o‘rinlar) tanlovlar va musobaqalarning jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Respublika (1-o‘rin) va xalqaro (1—5-o‘rinlar) shaxmat va shashka turnirlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-yanvardagi 4-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. Umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarida 1 — 3-o‘rinlarni va xalqaro olimpiadalarda 1 — 5-o‘rinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining XI sinflari bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarida 1—5-o‘rinlarni egallagan umumta’lim maktablarining IX sinflari bitiruvchilari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga respublika tashkiliy qo‘mitasining yo‘llanmasi bo‘yicha qabul qilinadilar.
Olimpiadalar g‘oliblariga: xalqaro olimpiadalarda 1, 2, 3, 4, 5-o‘rinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 10, 9, 8, 7, 6 baravari miqdorida; respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 3, 2, 1 baravari miqdorida pul mukofotlari belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi ixtisosliklari bilan olimpiada fanlari, tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblarini test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ta’sis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega bo‘lgan g‘oliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga o‘zlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1—3-o‘rinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-o‘rinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, nazorat tartibida, g‘oliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar ro‘yxatini test sinovlari o‘tkaziladigan kundan oldin O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarining g‘oliblari o‘zlarining ta’lim muassasasiga kirish bo‘yicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari esa — ular o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xalqaro (1—5-o‘rinlar) va respublika (1—3-o‘rinlar) olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari bo‘yicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi smetalarida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. G‘oliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida xorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega bo‘lish huquqini oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Maxsus guvohnomalar ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqamiga ega bo‘lib, qat’iy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazida saqlanadi hamda zarur bo‘lganda Madaniyat va sport ishlari vazirligiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. G‘oliblarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga imtiyozli kirish masalalari bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).