15.02.1991 yildagi 230-XII-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2001
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “O‘zbekiston SSR” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
1. “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e’lon qilinishi bilanoq kuchga kiritilsin; 21-moddaning davlat korxonalariga taalluqli bo‘lgan 2-bandi 1992-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1991-yil 2-martdagi 44-sonida e’lon qilingan.
— O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari qabul qilgan va “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga zid bo‘lgan normativ hujjatlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qayta ko‘rib chiqilishini va bekor qilinishini ta’minlasin;
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasining ushbu Qonunga muvofiq bo‘lmagan amaldagi qonun hujjatlari qo‘llanaveradi. Ayni paytda ushbu Qonun kuchga kiritilgunga qadar qabul qilingan, faqat Qonun bilan boshqariladigan masalalar xususidagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari tegishli hujjatlar qabul qilingunga qadar amal qiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Sanoat, xalq iste’moli mollari, aholiga xizmat ko‘rsatish va savdo qo‘mitasi “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini nazorat qilsin hamda jumhuriyatda uning qanday bajarilayotganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga 1992-yilning yanvar oyida ma’lum qilsin.