27.05.2008 yildagi 112-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda O‘zbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tashkil etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining ilova qilinayotgan tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya Palataning yuqori organi, Boshqaruv — ijro etuvchi organi, Taftish komissiyasi esa moliyaviy nazorat organi hisoblanadi;