Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Adabiyot va san’at asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining
Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida NIZOM

I bo‘lim. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari

II bo‘lim. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalarini qo‘llash tartibi

III bo‘lim. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqini hisoblab yozish va undirish tartibi

Asarlar fonogrammada takrorlanganligi, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalari prokatga berilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida NIZOM

I bo‘lim. Fonogrammalarni qayta ko‘paytirganlik, audiovizual asarlarni qayta ko‘paytirganlik uchun, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirganlik uchun mualliflik haqi stavkalari

II bo‘lim. Fonogramma asarlarini qayta ko‘paytirganlik, audiovizual asarlarni qayta ko‘paytirganlik uchun, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirganlik uchun mualliflik haqini hisoblab yozish va undirish tartibi

Vazirlar Mahkamasining
Tasviriy san’at asarlari takrorlanganligi va dekorativ-amaliy san’at asarlari nusxalari sanoatda ko‘paytirilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida NIZOM

I bo‘lim. Tasviriy san’at asarlari takrorlanganligi va dekorativ-amaliy san’at asarlari nusxalari sanoatda ko‘paytirilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari

II bo‘lim. Tasviriy san’at asarlarini qayta ko‘paytirganlik va dekorativ-amaliy san’at asarlaridan sanoatda nusxa ko‘paytirganlik uchun mualliflik haqi stavkalarini qo‘llanish tartibi

Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, mazkur qarorga 1—3-ilovalarda nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari ularda belgilangan asarlardan foydalanish turlari uchun eng kam hisoblanadi. Mualliflik haqining aniq miqdorini, uni to‘lash tartibi va muddatlarini tomonlar asardan foydalanuvchi va uning muallifi, yoxud ushbu asarga huquq egasi, yoxud mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida shartnoma tuzishda ulardan olingan vakolatlar doirasida belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
T/rAsarlar turiBir asar yoki dastur ommaviy ijro etilganligi uchun chiptalar sotishdan tushadigan yalpi yig‘im summasidan foizlardagi mualliflik haqi stavkalari
ko‘p aktli asarlarbir aktli asarlar
123

1) Dramatik, musiqali (matnli yoki matnsiz) va musiqali dramatik asarlar, ko‘rsatib o‘tilgan asarlarning tarjimalari, shuningdek konsert, sirk va raqs dasturlari ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.


Original dramatik asarlar
1.

Nasrdagi

pyesa:123,5
pyesa muallifiga 92,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
she’rda yozilgan pyesa:134
pyesa muallifiga103
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
2.Bolalarga mo‘ljallangan
nasrdagi pyesa:134
pyesa muallifiga103
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
she’rda yozilgan pyesa:144,5
pyesa muallifiga113,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
3.Qo‘g‘irchoqlar ijrosidagi
nasrdagi pyesa:134
pyesa muallifiga103
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
she’rda yozilgan pyesa:144,5
pyesa muallifiga113,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31


Inssenirovkalar

4.Mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan asarlar inssenirovkalari:8,54
inssenirovka muallifiga 42,5
adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda) 1,50,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
5.Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar inssenirovkasi10,5 5,5
adabiy asar muallifiga32
inssenirovka muallifiga32
adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda)1,50,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31


Tarjima qilingan dramatik asarlar

6.Mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan pyesalar tarjimalari
nasrda yozilgan pyesa:8,54
tarjimonga42
oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)1,51
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
she’rda yozilgan pyesa:84
tarjimonga53
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga 31
oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)1,51
7.Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan pyesalar tarjimalari
nasrda yozilgan pyesa:12,55,5
pyesa muallifiga3,51,5
tarjimonga4,52,5
oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda) 1,51
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
she’rda yozilgan pyesa:138,5
pyesa muallifiga42,5
tarjimonga64
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga3 2
oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda) 1,51
8.Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan inssenirovka tarjimasi12,5 7,5
inssenirovka muallifiga32
inssenirovka tarjimoniga32
adabiy asar muallifiga21,5
adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan tarjima qilingan adabiy asar inssenirovkasi tarjima qilingan taqdirda) 1,50,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31,5


Musiqali dramatik asarlar

9.Opera1910
kompozitorga105
libretto muallifiga53,5
xoreografga10,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga 31
10.Libretto tarjima qilinganda opera1910
kompozitorga84,5
libretto muallifiga42
libretto tarjimoniga21
librettoning oraliq tarjimasi muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda) 10,5
xoreografga11
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
11.Balet179
kompozitorga7,54
libretto muallifiga21
xoreografga4,53
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
12.Operetta, musiqali komediya, myuzikl178
kompozitorga63
pyesa muallifiga63
xoreografga21
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
13.Operetta, musiqali komediya, myuzikl matni tarjima qilinganda187
kompozitorga52
pyesa muallifiga52
pyesa tarjimoniga2,51
pyesaning oraliq tarjimasi muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda) 10,5
xoreografga1,50,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31
14.Musiqali drama2010
kompozitorga84
libretto muallifiga84
xoreografga10,5
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31,5
15.Tarjima bilan birga musiqali drama189
kompozitorga73,5
libretto muallifiga52,5
xoreografga10,5
tarjimonga21
rassom-ssenografga va kostyumlar bo‘yicha rassomga31,5
16.Dramatik asarga jo‘r bo‘ladigan musiqa1 (musiqa jo‘rligidagi har bir akt uchun)
T/rAsarlar turiChiptalar sotishdan tushgan yalpi summadan va shartnoma bo‘yicha kafolatlangan to‘lov summasidan, shuningdek bir asar yoki dastur ommaviy ijro etilganligi uchun umumiy daromad summasidan foizlardagi mualliflik haqi stavkalari
12

Konsert, estrada, sirk, raqs dasturlari

17.Simfonik, vokal-simfonik, kamer asarlardan va xalq cholg‘u asboblari uchun asarlardan konsert, xoreografiya konserti10 (butun dastur uchun)
18.Boshqa asarlardan konsertlar (17-bandda ko‘rsatilgan asarlar bundan mustasno), shu jumladan teatrlashtirilgan, estrada va yangi yil archa tomoshalari, ballar, varyete dasturlari va hokazolar 5 (butun dastur uchun)
19.Sirk dasturi 1 (butun dastur uchun)
20.Sirk dasturida kamida bitta mustaqil bo‘limni egallaydigan pantomima, feyeriya, balet ijrosi uchun 1 (ushbu Nizomning I bo‘limi 19-bandi bo‘yicha hisoblab yozishdan qat’i nazar, har bir bo‘lim uchun)
21.Sirk dasturida kamida bitta mustaqil bo‘limni egallaydigan sujetli attraksion ijrosi uchun1 (ushbu Nizomning I bo‘limi 19-bandi bo‘yicha hisoblab yozishdan qat’i nazar, har bir bo‘lim uchun)
22.Sirk dasturida jo‘rlik qilish uchun maxsus yozilgan original musiqa, kamida bitta mustaqil bo‘limni egallaydigan pantomima, feyeriya, balet, attraksion ijrosi uchun 0,5 (ushbu dasturlar ijrosi uchun hisoblab yozilganidan qat’i nazar, har bir bo‘lim uchun)
23.Kirish pulli bo‘lgan raqs maydonchalari, diskotekalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, kinoteatrlar, barlar, kafelar, restoranlar va boshqa jamoat joylarida matnli yoki matnsiz musiqa asarlari ijrosi uchun (asarlar ijrochilar tomonidan ijro etilganda hamda asarlar ovozli yozuvda takrorlanganda)5 (butun dastur uchun)
24.Kirish pulli bo‘lgan sport musobaqalari, sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, o‘yinli attraksionlar, modalar namoyishlarida, shuningdek ko‘rgazmalar, yarmarkalar, festivallar, tanlovlar, auksionlarda va boshqa jamoat joylarida jo‘rlik sifatida matnli yoki matnsiz musiqa asari uchun2 (butun dastur uchun)
25.Ketma-ket sujetli teatrlashtirilgan estrada, yangi yil archa tomoshalari:
kirish tomoshabinlar uchun pulli bo‘lganda5 (butun dastur uchun)
kirish tomoshabinlar uchun bepul bo‘lganda5 (ijrochilarga to‘lanadigan haq summasidan).

2) Audiovizual asarlar (kino-, tele- va videofilmlar va hokazolar)ni ommaviy nashr etishda (namoyish qilishda) kinoteatrlarda, videosalonlarda va boshqa jamoat joylarida matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan foydalanilganligi, shuningdek audiovizual asarlar efirga uzatilganligi, kabel orqali uzatilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

26.Audiovizual asarlar (kino-, tele- va videofilmlar va hokazolar) kinoteatrlarda, videosalonlarda va boshqa jamoat joylarida ommaviy ijro etilganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlardan foydalanganlik uchun, shuningdek audiovizual asarlar efirga uzatilganligi, kabel orqali uzatilganligi uchun:
a) tomoshabinlar pulli tomosha qilganda (kinoteatrlar, videosalonlar va boshqa jamoat joylarida)3 (butun asar uchun)
b) tomoshabinlar bepul tomosha qilganda (aeroportlarda, samolyotlarda, vokzallarda, poyezdlarda, do‘konlarda va hokazolarda)0,5 (to‘lovchi daromadining umumiy summasidan), biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq emas
v) efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yo‘li bilan audiovizual asardan foydalanganlik uchun5 (abonentlarda to‘plangan summadan yoki litsenziyada (shartnomada) belgilangan shartnomaviy summa)

3) Kirish tinglovchilar uchun bepul bo‘lganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, adabiy asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

27.Kirish tomoshabinlar uchun bepul bo‘lganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, adabiy asarlar kinoteatrlarda, kafelarda, restoranlarda, barlarda, ko‘rgazmalarda va boshqa jamoat joylarida ijroetilganligi uchun:
a) ijrochilar tomonidan ijro etilganda7 (ijrochilarga to‘lanadigan haq summasidan yoxud to‘lovchining asosiy faoliyatidan olingan daromad summasidan 0,5)
b) ovozli yozuvda takrorlanganda 0,1 (to‘lovchining asosiy faoliyatidan olingan daromad summasidan)

4) E’lon qilingan adabiyot va san’at asarlaridan efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yo‘li bilan foydalanganlik uchun mualliflik haqi stavkalari

28.E’lon qilingan asarlar efirga uzatilganligi uchun (radio, televideniye)1 (daromadning umumiy summasidan)
29.E’lon qilingan asarlar kabel orqali uzatilganligi uchun 5 (daromadning umumiy summasidan)
4. Mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan qismlardan iborat bo‘lgan asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi (ushbu Nizomning I bo‘limi 4—13-bandlari) asarning faqat mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan qismi uchun hisoblab yoziladi.
Ushbu Nizomning I bo‘limi 1—16-bandlarida ko‘rsatilgan, hammualliflar tomonidan bitta bo‘linmas bir butun asar sifatida yaratilgan asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi faqat mualliflik huquqi himoya qilinadigan hammualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) hisoblab yoziladi. Bunda hisoblab yoziladigan haq miqdori mualliflik haqini hammualliflar o‘rtasida belgilangan stavkaga proporsional tarzda taqsimlashga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar konsertda dasturda butun bir bo‘limni egallagan ko‘p aktli asardan (opera, balet, operetta, pyesadan) bir akt ijro etilsa, ushbu bo‘lim uchun mualliflik haqi aktlar soniga bo‘lingan tegishli ko‘p aktli asar uchun haq stavkasiga teng miqdorda hisoblab yoziladi va, bundan tashqari, tegishli konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning yarmi hisoblab yoziladi.
11. Bolalarga mo‘ljallangan pyesa uchun mualliflik haqi stavkalari (ushbu Nizomning I bo‘limi 2-bandi) nafaqat bolalar teatrlari, balki boshqa teatrlar tomonidan ijro etiladigan pyesalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ushbu Nizomning I bo‘limi 1—16-bandlarida nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari asar konsertda ijro etilgan hollarda ham qo‘llaniladi.
19. Agar yangi yil archa tomoshasi dasturiga dramaturgik yoki musiqali-dramaturgik asar kiritilsa, bunday asar uchun mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limida dramatik va musiqali-dramatik asarlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha va ushbu Nizomning II bo‘limi 10-bandida bayon qilingan qoidalarga rioya qilingan holda hisoblab yoziladi.
20. Ushbu Nizomning I bo‘limi 19-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha sirk dasturi uchun mualliflik haqi, agar dastur sirk arenasida ijro etilsa yoki konsert faqat sirk nomerlaridan iborat bo‘lsa hisoblab yoziladi; qolgan barcha hollarda yig‘ma dastur tarkibida sirk chiqishlari uchun ushbu Nizomning I bo‘limi 18-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha haq hisoblab yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday hollarda mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limidagi stavkalar bo‘yicha ushbu summa to‘lovchining kassasiga tushishi yoki tushmasligidan qat’i nazar, chiptalar sotuvidan yalpi tushum summasidan foizlarda hisoblab yoziladi.
Agar chiptalar sotuvidan yalpi tushum summasi to‘lovchining (ommaviy ijro etilayotgan binolar (maydonchalar egasining) kassasiga tushmasa, bino (maydoncha) egasi va yalpi tushum summasi tushadigan shaxs ijara shartnomasida o‘z munosabatlarini ushbu Nizomning I bo‘limi stavkalari bo‘yicha hisoblab yozilgan mualliflik haqi summasi keyinchalik mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga o‘tkazish uchun to‘lovchi (bino, (maydoncha) egasi)ning tasarrufida qoladigan tarzda tuzishlari shart. Bunda yalpi tushum summasi o‘ziga tushadigan shaxs to‘lovchiga yalpi tushum summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart va ularning ishonchliligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
T/rTasviriy san’at asarlarining turiBuyumning har bir nusxasini sotish narxiga nisbatan foizlardagi mualliflik haqi stavkalari
1.Kam nusxada ko‘paytirilgan haykaltaroshlik asarlari
50 nusxagacha5
51 nusxadan 200 nusxagacha3
ko‘p nusxada ko‘paytirish:
200 nusxadan ortiq2
2.Tasviriy san’at asarlari, shu jumladan sanoat buyumlaridagi surat (sovg‘alarda, attorlik, to‘qimachilik va trikotaj buyumlarida va shu kabilarda)0,5
3.Dekorativ-amaliy san’at asarlari:
a) dekorativ-amaliy utilitar maqsaddagi asarlar (servizlar, polga qo‘yiladigan vazalar, lagan (tovoq)lar, kosalar, yoritgichlar, idishlar, koshinlar, kiyim ilgichlar, ko‘zgular va shu kabilar)4
b) kichik va oddiy utilitar dekorativ va sovg‘a buyumlari, kichik attorlik buyumlari (shu jumladan ko‘krak nishonlari, medallar, plaketkalar, breloklar va shu kabilar)4
v) utilitar maqsaddagi, dekorativ-amaliy tusga ega bo‘lgan buyumlar (g‘iloflar, qutilar, dekorativ kosmetika flakonlari va shu kabilar)1
g) to‘quvchilik buyumlari (dasturxonlar, choyshablar, sochiqlar va shu kabilar)7
d) gazlamalar2 (bir pogon metrning sotish narxidan)
e) trikotaj, to‘qima kiyimlar, to‘rlar, choklab tikilgan buyumlar, poyabzallar*5
j) mebel*1
z) o‘yinchoqlar4
i) bezaklar, shu jumladan zargarlik buyumlari:
qimmatbaho bo‘lmagan materiallardan1
qimmatbaho materiallardan0,05
k) gulqog‘ozlar, kleyonkalar va shu kabilar1 (parchasining, pogon metrining sotish narxidan)
l) gilam buyumlari:
mashinada to‘qilgani1
qo‘lda to‘qilgani4
m) to‘qimachilik attorlik buyumlari7
Ushbu Nizomning I bo‘limida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha mualliflik haqi miqdori to‘lovchi tomonidan sotish uchun topshiriladigan buyumning har bir nusxasining sotish narxidan foizlarda belgilanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”