03.01.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1756
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2016
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 157-son qaroriga muvofiq qaror qiladi:
Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23-24-son, 168-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 157-son qaroriga muvofiq moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini (bundan buyon matnda elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti deb yuritiladi) almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishni tashkil etishning umumiy tamoyillarini belgilab beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 18-martdagi 2013-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1756-1, 01.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 186-modda)