O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
uch oy muddatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash tadbirlari rejalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish va ko‘rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli foydalanishini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash yo‘li bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari bo‘yicha axborot, shuningdek mo‘ljallanayotgan interaktiv davlat xizmatlari bo‘yicha takliflarni ularni keyinchalik Interaktiv davlat xizmatlari reyestriga kiritish uchun taqdim etsinlar.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zaruriyatga ko‘ra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestriga o‘zgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflar kiritsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov) o‘z majlislarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron hujjatlar aylanishi tizimlarini joriy etish va axborot tizimlarini integratsiyalash ishlarining ahvolini muntazam ravishda ko‘rib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati (keyingi o‘rinlarda “idoralar” deb yuritiladi) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmati ko‘rsatish hisoblanadi.
3. Idoralar tomonidan interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tegishli axborot resurslari tashkil etilishi zarur.
4. Idoralarning interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun tashkil etiladigan axborot tizimlari yagona standartlar va talablar asosida o‘zaro hamkorlik qilishi kerak.
5. Avtomatlashtirilgan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida idoralar tomonidan axborot ayirboshlash bo‘yicha yagona davlat standartlari va talablari asosida axborot tizimlari tashkil etiladi.
axborot ayirboshlash va tarqatish tezkorligi darajasining o‘sishi hisobiga davlat funksiyalarini bajarish samaradorligi va tezkorligini oshirishga;
so‘rovlarni puxta ishlash hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat funksiyalari ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga;
idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiga sarflanadigan chiqimlarni qisqartirishga;
aholining davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoralar faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirishga;
7. Interaktiv davlat xizmatlari umumiy foydalaniladigan, foydalanish qulay hamda barcha qatlamlar va guruhlar foydalanuvchilarining ustuvorliklari va ehtiyojlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish eng yuqori darajada tez va qulay usulda ta’minlanishi kerak.
8. Interaktiv davlat xizmatlaridan kafolatli va xavfsiz foydalanish idoralar tomonidan ta’minlanishi kerak.
9. Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli hamda ruxsatsiz foydalanish, yo‘q qilish, buzish, blokirovka qilishdan himoyalangan va qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
10. Idoralarning interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) — tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;
bir tomonlama o‘zaro hamkorlik — elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;
ikki tomonlama axborot ayirboshlash — so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);
elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
12. Interaktiv davlat xizmatlari foydalanuvchi tomonidan idora bilan o‘zaro hamkorlik qilish doirasida yoki bir nechta idoralarning o‘zaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi va ko‘rsatiladi.
13. Internetning umumiy foydalaniladigan tarmog‘i vositasida ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari faqat idoralarning rasmiy saytlari orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali orqali ko‘rsatiladi.
14. Qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy interaktiv davlat xizmatlari majburiy hisoblanadi va idoralar tomonidan bepul ko‘rsatiladi, ko‘rsatilganligi (rasmiylashtirilganligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq yig‘imlar, bojlar va boshqalar shaklida to‘lov nazarda tutilgan xizmatlar bundan mustasno.
15. Qo‘shimcha interaktiv davlat xizmatlari idoralar tomonidan mustaqil belgilanadi va pulli asosda ko‘rsatilishi mumkin.
16. Qo‘shimcha interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishidan olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sarflanadi.
17. Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi, shartlari va muddatlari har bir idora tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
idora yoki mansabdor shaxsning xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.
19. Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi interaktiv davlat xizmatlari reyestrining shakllantirilishi, foydalanilishi, o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanishi va yangilanishini ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Axborot resurslari tashkil etish va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/r | Xizmatlar nomi | Bajarish uchun mas’ullar |
1. | Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
2. | Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish. | |
3. | Tug‘ilganlikni, o‘limni, nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Adliya vazirligi |
4. | O‘zbekiston Respublikasi FHDY hududiy organlari ro‘yxatini taqdim etish. | |
4-1. | Davlat notarial idoralari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanayotgan notariuslar idoralari reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish |
|
4-2. | Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hay’atlari, yuridik maslahatxonalar reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-3. | Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar birlashmalari reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-4. | O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatiga olish reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
4-5. | O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish | |
5. | Maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimlari to‘g‘risida axborotlar, O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari ro‘yxatini taqdim etish. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi |
6. | O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
7. | Ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
8. | Ijtimoiy ta’minot organlarida pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | |
9. | Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Ichki ishlar vazirligi |
10. | Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
11. | Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini ko‘rib chiqish. | |
12. | O‘zbekiston Respublikasida kommunal xizm�tlar ko‘rsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | “O‘zkommunxizmat” agentligi |
13. | Fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi va ularni tashkil etish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
14. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
15. | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
16. | Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
17. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv muassasalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
18. | Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish va o‘qish uchun davlat grantlari berish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
19. | Sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
20. | Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra budjet va budjetdan tashqari jamg‘armasi bilan o‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Davlat soliq qo‘mitasi |
21. | Soliq to‘lovchining so‘roviga ko‘ra nazorat organlarining tegishli davr uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvalidan ko‘chirmalar berish. | |
22. | Soliq to‘lovchini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini berish hamda soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘zgartirish (faqat shahar va tumanlar huzuridagi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, shuningdek mintaqaviy adliya organlari uchun). | |
23. | Soliq solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
24. | Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini jo‘natish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish. | |
24-1. | Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni umumlashtirish | Davlat soliq qo‘mitasi |
25. | O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Davlat statistika qo‘mitasi |
26. | Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir axborotlar taqdim etish. | |
27. | Deklarantlardan deklaratsiyalarning elektron nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash. | Davlat bojxona qo‘mitasi |
27-1. | Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning ayrim turlari eksport narxlari bo‘yicha axborot berish | Davlat bojxona qo‘mitasi |
28. | Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi, Markaziy bank |
29. | Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari bo‘yicha axborotlar ?aqdim etish. | |
30. | Mol-mulki sotiladigan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida axborot. | Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat qo‘mitasi |
31. | Qimmatli qog‘ozlar bozori, bank va sug‘urta sektorlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
32. | Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
33. | Tashqi savdo statistikasi bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
34. | Investitsiya loyihalari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish, investitsiya takliflarini qabul qilish. | |
35. | Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
36. | Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “O‘zavtoyo‘l” DAK |
37. | Yo‘lovchi tashish temir yo‘l va avtomobil transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning ma’lumotlar berish xizmatlari ro‘yxatini berish. | |
38. | Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari tariflari, O‘zbekiston Respublikasi pochta indekslari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi telefon raqamlari zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari saytlari ro‘yxati va manzillari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
39. | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
40. | Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish. | |
40-1. | Radiochastotalarning taqsimlanishi bo‘yicha axborot berish | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
40-2. | Davlat organlarining interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risida axborot berish | |
41. | Migratsiya va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish masalalari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
42. | Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish borasidagi cheklashlar to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
43. | O‘zbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari ro‘yxatini taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi |
43-1. | Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish | Tashqi ishlar vazirligi |
44. | Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish. | “O‘zarxiv” agentligi |
45. | Ilm-fan, ta’lim, axborot va madaniyat bo‘yicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga doir axborotlarni, O‘zbekiston Respublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari ro‘yxatini taqdim etish. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
46. | Yer resurslari bo‘yicha axborotlar taqdim etish. | “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
47. | Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | |
48. | O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-jug‘rofiy sharoitlari va tarixiy-madaniy merosi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi |
49. | “Toshkent” xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi jadvali, reyslardagi mavjud o‘rinlar soni, aviakompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflari, ro‘yxati, samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi. | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK |
50. | Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa | “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK |
51. | Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan moddalar to‘g‘risida axborot berish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
52. | Ekologiya sertifikati berish bo‘yicha axborot berish | |
53. | Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar bo‘yicha axborot berish | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
54. | Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar to‘g‘risida axborot berish | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
55. | Akkreditatsiya qilingan sinov (o‘lchov) laboratoriyalari bo‘yicha axborot berish | |
56. | Avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish bo‘yicha axborot taqdim etish | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
57. | Yangi ilmiy loyihalar bo‘yicha tanlovga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida axborot berish | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
58. | Kredit tashkilotlari (banklar, kredit uyushmalari, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari), shuningdek qimmatli qog‘ozlar blankalarini tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risida axborot berish | Markaziy bank |
59. | Kreditlar, mikrokreditlar berish bo‘yicha, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari to‘g‘risida axborot taqdim etish | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari |
60. | Bank omonatlari bo‘yicha axborot berish | |
61. | Bank kartalari berish bo‘yicha axborot taqdim etish | |
62. | Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, terminallarni o‘rnatish, ta’mirlash va almashtirish bo‘yicha axborot berish | |
63. | Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi |
64. | Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari to‘g‘risida axborot berish | |
65. | Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun buyurtmanomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish | |
66. | Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari to‘g‘risida axborot berish | Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi |
67. | Paxta mahsulotlari tashqi ko‘rinishi standart namunalariga buyurtmalar qabul qilish to‘g‘risida axborot berish | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi |
68. | Quyidagilar: ichki va xalqaro havo yo‘nalishlarida yo‘lovchilar va yuk tashish; havo yo‘nalishlarida yo‘lovchilar va yuk tashish bilan bog‘liq aeroportlarda havo kemalariga xizmat ko‘rsatish; aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish | O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
69. | Ichki va xalqaro yo‘nalishlarda temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish | O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
70. | Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari bo‘yicha axborot berish | |
71. | G‘allani, dukkakli donlarni, yog‘li ekinlar hosilini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, g‘allani va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida axborot berish | Davlat don inspeksiyasi |
72. | Energetik tekshirish va ekspertiza o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, shuningdek iste’mol obyektlarining energiya ta’minoti loyihalarini kelishib olish bo‘yicha axborot berish | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi |
73. | Energetik tekshirish va ekspertiz� o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini berish | |
74. | Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan audiovizual asarlar to‘g‘risida axborot berish | “O‘zbekkino” milliy agentligi |
75. | Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, ko‘paytirish, dublyaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish | |
76. | Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berish | O‘zbekiston milliy kutubxonasi |
77. | Shahar transporti yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot berish | “Toshshahartrans-xizmat” uyushmasi |
78. | Elektron temir yo‘l chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari ko‘rsatish, poyezdlarda yo‘l haqi narxi to‘g‘risida axborot berish | “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
79. | O‘zbekiston Respublikasi hududida temir yo‘lda yurishda imtiyozlar to‘g‘risida axborot berish | |
80. | Aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash tarmoqlariga servis xizmati ko‘rsatish uchun arizalarning elektron shakllari to‘g‘risida axborot berish | “O‘zbekneftgaz” MXK |
81. | “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari ro‘yxatini taqdim etish | |
82. | �shlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan iste’mol tovarlari, shartnomalarning namunaviy shakllari, iste’mol tovarlarining doimiy yangilab boriladigan prays-varaqlari to‘g‘risida axborot berish | “Olmaliq KMK” AJ |
83. | Rux va qo‘rg‘oshin konsentratini qayta ishlash xizmatlari ko‘rsatish, yetkazib beriladigan konsentrat sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida axborot berish | |
84. | Lizing xizmatlari to‘g‘risida axborot berish | “O‘zqishloqxo‘jalik-mashlizing” kompaniyasi |
(Reyestr O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.