Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
Ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar:
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (20-modda) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va ushbu moddaning “v” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Ushbu Qonunning 19-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar.
“d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy staj kamida 5 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
v) ushbu Qonun 10-moddasining “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to‘lguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplovchi pulni ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.
Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga to‘lguniga qadar ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.