LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar, № 12, 415, 416-moddalar; 2006-yil, № 6, 259, 260-moddalar, № 10, 536-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ushbu Kodeks yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun soliq solishning quyidagilarni to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilishi mumkin:
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq solishning yagona soliq to‘lovi to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashni tanlashga haqli, ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va to‘qqizinchi qismlarida nazarda tutilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tishga haqli emas.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilish doirasida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar yagona soliq to‘lovi to‘laydilar hamda umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tishga haqli emas.
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, biroq bir vaqtning o‘zida ellik foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytirgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga haqlidirlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar barcha umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rniga to‘lanadi, quyidagilar bundan mustasno:
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i;
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar bundan mustasno);
olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanilganda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi yuridik shaxslarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lov manbaida ushlab qolish hamda budjetga o‘tkazish majburiyatlari ham saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun ustama foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin.
Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan investorlarga, ularning pudratchilariga va ikkilamchi pudratchilariga soliq solish “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
Soliq solishning ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinishi maqsadidan kelib chiqib, tegishli faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart”;
to‘rtinchi xatboshisidagi “(banklarning, kredit uyushmalari, sug‘urta tashkilotlari, videosalonlarning, videoko‘rsatuv, video va audio yozuv punktlarining, auksionlar, kazinolarning, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazuvchi tashkilotlarning xarajatlari bundan mustasno)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
o‘n beshinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlagan normativlarga muvofiq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 32-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga” degan so‘zlar “asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajargan ishlaridan, ko‘rsatgan xizmatlaridan olgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi”;
Jami daromad miqdori | Soliq summasi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha | daromad summasining 13 foizi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 so‘m) o‘n baravari miqdorigacha | eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 18 foizi |
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdoridan | eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq + o‘n baravaridan oshadigan summaning 25 foizi |
“Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajargan ishlaridan, ko‘rsatgan xizmatlaridan olgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi”;
“35) tibbiy (veterinariya) xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno), shuningdek tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari va buyumlarni, shu jumladan mazkur vosita va buyumlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ularni realizatsiya qilish oborotlari;
“5) tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari (veterinariya preparatlari) va buyumlar, shuningdek tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari va buyumlar ishlab chiqarish uchun olib kirilayotgan xomashyo”;
“qishloq xo‘jaligi (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik) mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning”;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan normalar doirasida pensionerlarning, shuningdek I va II guruh nogironlarining”;
“Keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olishni o‘zlariga berilgan yer uchastkalari doirasida xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar yer ostidan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadi”.
LexUZ sharhi