O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvarag‘ini ishlash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 7-iyuldagi 2, 276-V-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” PF-3675-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sanatsiya qilinayotgan korxonaning bank hisobvarag‘ini qo‘llash va uning ishlash mexanizmini belgilaydi.
1. Milliy valyutadagi maxsus sanatsiya hisobvarag‘i unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Hay’ati (bundan keyin — Qo‘mita Hay’ati)ning qaroriga ko‘ra davlat madadi bilan sudgacha sanatsiya qo‘llanganda iqtisodiy nochor korxonaga ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Maxsus sanatsiya hisobvarag‘ini ochish uchun sanatsiya qilinayotgan korxona uning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka maxsus sanatsiya hisobvarag‘i ochishga ariza taqdim etadi. Arizaga Qo‘mita Hay’atining korxonaga nisbatan sudgacha sanatsiyani joriy etish to‘g‘risida qarorining Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan nusxasi, moliyaviy sog‘lomlashtirish biznes-rejasi va barcha kreditorlar qarzlarini so‘ndirishning Qo‘mita Hay’ati ma’qullagan jadvali, shuningdek imzolar namunalari va muhr izi bilan birgalikda kartochkalarning 2 nusxasi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankka mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng sanatsiya qilinayotgan korxonaning talab qilib olinguncha asosiy hisobvarag‘iga maxsus sanatsiya hisobvarag‘i maqomi beriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘sha kuniyoq 2-kartotekaning va sanatsiya qilinayotgan korxonaning ushbu bankdagi boshqa barcha bank hisobvaraqlarining amal qilishini to‘xtatib, ulardagi mavjud mablag‘larni sanatsiya qilinayotgan korxonaning maxsus sanatsiya hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Bunda sanatsiya qilinayotgan korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i avvalgi rejimda faoliyatni davom ettiradi, uni tasarruf etish huquqi sanatsiya qilinayotgan korxonaga o‘tadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari harakati bilan bog‘liq va o‘zaro hisob-kitoblarning maxsus chizmalari bo‘yicha maxsus hisobvaraqlar harakatini to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari harakati bilan bog‘liq maxsus hisobvaraqlarning ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini boshqarish departamenti tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus hisobvaraqlar orqali o‘zaro hisob-kitoblarning maxsus chizmalarini o‘tkazish tartibi o‘zaro hisob-kitob qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli organ tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ayni vaqtda xizmat ko‘rsatuvchi bank elektron pochta orqali sanatsiya qilinayotgan korxonaga talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaraqlari ochilgan boshqa barcha banklarga, uning raqami va qabul qilish sanasini ko‘rsatgan holda Qo‘mita Hay’atining qaroriga havola qilib, ushbu hisobvaraqlarni yopish va ulardagi mavjud mablag‘larni sanatsiya qilinayotgan korxonaning maxsus sanatsiya hisobvarag‘iga o‘tkazish talabini yuboradi.
1-kartotekada akseptni kutayotgan to‘lov hujjatlari mablag‘larni oluvchilarga “__________ (korxona nomi)ga nisbatan Qo‘mita Hay’atining 20___ yil ________ dagi ____son qarori bilan sudgacha sanatsiya joriy etilgan” belgisi bilan qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qo‘mita Hay’ati tomonidan sanatsiyani dastlab belgilangan muddatdan ko‘pga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda maxsus sanatsiya hisobvarag‘i sanatsiya yakunlanishigacha amal qilishda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mablag‘larni sanatsiya hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarishga faqat sanatsiya qilinayotgan korxonaning to‘lov topshiriqnomalari asosida yo‘l qo‘yiladi.
7. Maxsus sanatsiya hisobvarag‘iga quyidagilar qayd etiladi: asosiy faoliyatdan, ortiqcha mol-mulkni, tovar-moddiy boyliklarni sotishdan kelib tushayotgan mablag‘lar, valyuta tushumini sotishdan tushadigan mablag‘lar, shuningdek ilgari tuzilgan shartnomaviy majburiyatlar bo‘yicha to‘xtatilgan hisobvaraqlarga kelib tushgan mablag‘lar va boshqa tushumlar.
8. Sanatsiyaning borishi va qarzlarni so‘ndirish jadvali bajarilishining monitoringini Qo‘mita amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sanatsiya boshlanganidan so‘ng olti oy mobaynida qarzni so‘ndirish jadvali (jadvallari) buzilib, bu hol qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi bilan bog‘liq bo‘lsa, Qo‘mita Hay’atining (shu jumladan kreditorlarning) ko‘rib chiqishiga sanatsiyaning samarasizligi munosabati bilan sudgacha sanatsiyani muddatidan avval tugatish to‘g‘risida taklif kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Maxsus sanatsiya hisobvarag‘idagi sanatsiya qilinayotgan korxonaning to‘lov topshiriqnomasi bilan Qarzni so‘ndirish jadvaliga muvofiq joriy to‘lovlar va to‘lovlar amalga oshiriladi.
Joriy to‘lovlar deganda sudgacha sanatsiya rejimida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar tushuniladi.
mehnatga haq to‘lash, alimentlar, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlar, fuqarolarning hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash talablari bo‘yicha hisob-kitoblar;
budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
ular yetkazib beradigan mahsulot va bajaradigan ishlar uchun mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘nak hamda asosiy to‘lovlar;
ishlab chiqarish ehtiyojlari bo‘yicha hisob-kitoblar, shu jumladan energiya resurslarining barcha turlari, aloqa xizmatlari, xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, ta’mirlash-foydalanish xarajatlari;
olingan kreditlar bo‘yicha, shuningdek ijro muddati sanatsiya davrida boshlangan, hukumat kafolati bilan ta’minlangan kreditlar bo‘yicha bank oldidagi majburiyatlarga doir hisob-kitoblar.
Keyingi tahrirga qarang.
Joriy to‘lovlarga ehtiyoj bo‘lmaganida sanatsiya hisobvarag‘i mablag‘larining qoldiqlari qarzni so‘ndirish jadvalini muddatidan avval ijro etishga yo‘naltiriladi.
12. Sanatsiya qilinayotgan korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar Markaziy bankning ushbu hisobvaraqning amal qilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan tartibda, sanatsiya qilinayotgan korxonaning topshiriqlariga ko‘ra o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Maxsus sanatsiya hisobvarag‘ining amal qilishi belgilangan sanatsiya muddati yakunlanganda yoki Qo‘mita Hay’ati tomonidan sanatsiyani muddatidan avval tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xizmat ko‘rsatuvchi bankka Qo‘mita Hay’atining sanatsiyani muddatidan avval tugatish to‘g‘risida qarorining Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etilgan kundan boshlab maxsus sanatsiya hisobvarag‘ining amal qilishi to‘xtatiladi va u talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘i sifatida amal qilishda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.