Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining hisob raqamlariga tushadigan milliy va xorijiy valyutadagi patent bojlari mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy valyutadagi mablag‘larning 92 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 20 foizi Davlat budjeti daromadiga o‘tkaziladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy valyutadagi mablag‘larning 8 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 80 foizi ulardan Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablag‘larning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Davlat patent idorasi har o‘n kunda tushayotgan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus valyuta hisob raqamlariga o‘tkazilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bir oy muddatda o‘zining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun patent bojlari (keyingi o‘rinlarda boj deb yuritiladi) to‘lash tartibini, shuningdek ularni to‘lashdan ozod qilish yoki qaytarish asoslarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Boj O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) hisob raqamlariga tegishli summalarni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi hamda to‘lov hujjati bilan tasdiqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatda buyurtmanoma yoki patentning ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami, uning uchun boj to‘langan xatti-harakatga doir guvohnoma va uning nomi bo‘lishi kerak. Agar buyurtmanomaga ro‘yxatdan o‘tkazish raqami hali berilmagan bo‘lsa, ko‘rsatib o‘tilgan hujjatda uning uchun boj to‘langan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi nomlari, tovar kelib chiqqan joy, integral mikrosxemalar topologiyalari nomlari, shuningdek birinchi muallifning familiyasi yoki ariza beruvchining nomi bo‘lishi kerak. Agentlik ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. To‘langan bojning miqdori belgilangan boj miqdoriga muvofiqligi boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari huquqiy muhofaza qilinishi bilan bog‘liq bojning to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan xatti-harakat sodir etilmaydi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Agar davlat ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun buyurtmanomaga doir boj yoki ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhlariga buyurtmanoma berilganligi va ekspertiza o‘tkazilganligi uchun bojning belgilangan miqdoridan kam miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza ariza beruvchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud bo‘lmaganda, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi tavsifida formulada birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan va ular uchun boj to‘langan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan o‘tkaziladi.
Agar buyurtmanoma boj buyurtmanoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi davlat ekspertizasidan o‘tkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining ariza beruvchi tomonidan tanlangan va ular uchun boj to‘langan klasslariga nisbatan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan boj qo‘shimcha ravishda to‘lanishi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida zarur summani to‘lash huquqiga ega.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
7. Ekspertiza qarori jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, e’lon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatib o‘tilgan uch oylik muddat tamom bo‘lgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj miqdori 50% ga ko‘payadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. To‘langan boshqa bojlar ariza beruvchining — bojni to‘lagan shaxsning iltimosiga ko‘ra bojlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda to‘langan yoki uning uchun boj to‘langan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bojning ortiqcha to‘langan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga ko‘ra iltimos berilgan sanada ularni to‘lash mumkin bo‘lgan boshqa bojlar to‘lanishi hisobiga o‘tkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar patent bojlarini milliy valyutada to‘laydilar. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bojni, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, AQSh dollarida yoki AQSh dollariga nisbatan qayta hisoblab chiqilgan boshqa erkin muomaladagi valyutada to‘laydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalarining yagona mualliflari bo‘lgan hamda o‘z nomiga muhofaza hujjati so‘rayotgan 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1-1.3, 2.1-2.3, 3.1-3.2, 4.1-4.2, 5.1-5.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni to‘lashdan ozod qilinadilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni to‘lashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida shartnoma tuzishda boj miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
ikkinchi xatboshidagi “va so‘mdagi” so‘zlari chiqarib tashlansin, “95” raqami esa “90” raqami bilan almashtirilsin;
“kamida 50 foizidan — idoraning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, xizmat safari xarajatlarini, shuningdek sanoat obyektlarini va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashda;
10-banddagi “tushgan mablag‘lar umumiy hajmining ko‘pi bilan 25 foizi miqdorida” so‘zlari “mazkur Nizomning 7-bandiga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni hamda Patent vakillari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova.