Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog‘ini tashkil qilishni takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi kutubxonalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, OO‘MTVning O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish yo‘li bilan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlarini tuzish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika kutubxonasi, viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari, shuningdek Toshkent shahar markaziy kutubxonasi negizida idoraviy jihatdan O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga bo‘ysunuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;
madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, uning ilmiy, ta’lim, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish;
kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan o‘z axborot resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’lim axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga o‘tishni ta’minlash;
universal axborot resurslari, milliy va xorijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqa) fondlarni shakllantirish, saqlash va foydalanish uchun berish;
yig‘ma elektron katalog yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi elektron kutubxonalar va ma’lumot bazalarini yaratish;
joylarda axborotlashtirish va kutubxonachilik ishi sohasidagi axborot-resurs markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlash vazifasi yuklansin.
respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
bir oy muddatda belgilangan tartibda kutubxonalarni, 4-ilovaga* muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, OO‘MTVning O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi ixtiyoriga bepul o‘tkazishni hamda ular oqilona qayta tashkil etilishini;
ikki oy muddatda barcha kutubxona fondlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ekspert komissiyalari tuzilishini;
ikki oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini belgilab beruvchi tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqilishini;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tanlov asosida malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari yuksak samara bilan faoliyat ko‘rsatishini hamda aholining barcha qatlamlari ulardan bemalol foydalana olishlarini ta’minlasin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Amalga oshirilgan ishlarning yakunlari to‘g‘risida 2006-yilning 1-dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga ma’lumot berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va homiylarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2007-yilning yanvaridan boshlab axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida elektron kutubxonalarni tashkil qilgan hamda ilg‘or axborot texnologiyalarini tadbiq etgan holda ushbu markazlarni kompyuterlashtirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot-resurs markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashishni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-kutubxona markazlarini belgilangan tartibda “ZiyoNET” axborot tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulash va ularning resurslariga aholi keng qatlamlarining kirishini ta’minlash;
elektron kutubxonalar tizimini rivojlantirish, kutubxona axborot resurslarini tizimlashtirish vazifasi yuklansin.
8. 2006-2007 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat madaniyat instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat kadrlari hamda magistratura tegishli mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.