Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.04.2021
|
LexUZ sharhi
Mazkur Konstitutsiyaviy Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 27-apreldagi O‘RQ-687-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi) qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi sud hokimiyati organidir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 152-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi”.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Konstitutsiyaning ustunligi, mustaqillik, kollegiallik, oshkoralik, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
8-modda. Konstitutsiyaning ustunligi
Konstitutsiyaviy sud o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir.
Konstitutsiyaviy sud faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
Konstitutsiyaviy sud hamda uning sudyalari o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga bo‘ysunadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
“Konstitutsiyaviy sudning sudyasi vazifalarini halol va vijdonan bajarishga, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishga, bunda faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga bo‘ysunishga tantanali qasamyod qilaman”.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaga muvofiqligiga shubha tug‘dirgan, ko‘rib chiqilayotgan aniq masalalar yuzasidangina hujjat qabul qiladi.
Konstitutsiyaviy sud normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib, tekshirilgan hujjatga asoslangan yoxud uning qoidalarini takrorlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar xususida ham, garchi Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun kiritilgan masalada ular to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da, bir vaqtning o‘zida hujjat qabul qilishi mumkin.
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi ovoz berishda betaraf qolishga yoki ishtirok etmaslikka haqli emas.
Xalqaro shartnomaning va normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida ko‘rib chiqilgan ishning mohiyati bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning hujjati qaror deb ataladi. Qarorlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining mehnatiga haq to‘lash, ularga har yilgi mehnat ta’tili berish, sudyalarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari, sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urta qilish bilan bog‘liq moddiy va ijtimoiy ta’minoti “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi.
Konstitutsiyaviy sudning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nashri bo‘ladi.
1) O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi 103-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 178-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunni amalga kiritish haqida”gi 104-I-sonli Qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 179-modda) 1-bandi;
3) O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 447-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) VII bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 535-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9–10, 149-modda) XII bo‘limi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-365-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 8-moddasi;
6) O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-372-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 130-modda) 9-moddasi.
LexUZ sharhi